So’nggi yangiliklar

14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  0 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  2 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  3 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  21 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0

Abdumavlon Abdujalilov: “Iroqqa qarshi o'yinga tayyormiz” Yangiliklar

Abdumavlon Abdujalilov: “Iroqqa qarshi o'yinga tayyormiz”

Darvozabon yarim jamoa deb bejiz aytilmaydi. O'yinda darvozabonga ko'p narsa bog'liq.

Biz Iroq olimpiya terma jamoasi bilan o'yindan oldin darvozabonimiz Abdumavlon Abdujalilovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Abdumavlon Janubiy Koreya bilan bo'lib o'tgan o'yin haqida fikrlaringiz.
- Men o'ylaymanki biz Janubiy Koreyaga hech qaysi jihatdan yutqazmadik. Penaltidan keyin bolalarni o'zlariga kelishi biroz qiyin bo'ldi. Bir kishi kam bo'lib o'ynaganimiz ham balki natijaga tasir qilgandir. Ikkinchi taym boshida yana bitta gol o'tkazvordik va natijada qolgan vaqt davomida natijani o'zgartirishga ulgurmay qoldik. Umumiy qilib aytsam koreyslarni yutsak bo'lardi.

- Ikkinchi golda o'zingizni aybdor deb hisoblaysizmi?
- Har qanday golda darvozabonni malum miqdorda aybi bo'ladi. Jamoa bilan o'yinni analiz qildik, murabbiylarimiz hech kimni golda ayblashmadi. Lekin o'zimni fikrim o'sha vaziyatda to'pni qaytarsam bo'lardi. Biroq bu bilan aybdorman demoqchi emasman.

- Iroq bilan o'yinga tayyormisiz?
- Murabbiylarimiz Koreya bilan o'yinni unutishimizni, hali hammasi o'z qo'limizda ekanligini takidlashmoqda. Biz albatta ularni tavsiyalariga rioya qilib albatta Iroqqa qarshi faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. O'zimga keladigan bo'lsam men ruhiy jihatdan bu o'yinga tayyorman.

- Nima deb o'ylaysiz bu yil “Neftchi” jamoasini asosiy tarkibiga kira olasizmi?
- Jamoamizga “Nasaf”dan O'tkir Yusupov kelgan. U ham juda mahoratli darvozabon. Men ham mana bunday yirik tadbirlarda o'z mahoratimni oshirib boryapman. Barchasini murabbiylar hal qilishadi. Mendan talab qilinadigan narsa bor mahoratimni ishga solib murabbiylar va muxlislar ishonchini qozonish.

Akramjon Mamadaliev.
Doha. Qatar

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика