So’nggi yangiliklar

17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қачон кириб келганини биласизми?  0 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  1 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  28 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3

Abdumavlon Abdujalilov: "Futboldan tashqarida bo'layotgan ishlarga jiddiy qarash futbolchilarning vazifasi emas" Yangiliklar

Abdumavlon Abdujalilov: "Futboldan tashqarida bo'layotgan ishlarga jiddiy qarash futbolchilarning vazifasi emas"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi o'yin qanday taassurot qoldirdi?

- Kam sonli imkoniyatlar yaratdik va ulardan foydalana olmadik. Lekin ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz evaziga g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Balki o'yin darajasida sifat etishmagandir. Bunga ochiq o'yin namoyish etganimiz sabab bo'lishi mumkin. Gol o'tkazib yuborishimizga ham sifatli himoyalana olmaganimiz tasir qildi. 

- "Bunyodkor" mavsumni yaxshi boshlagandi. Biroq so'nggi o'yinlardagi natijalar klub muxlislarini xafa qilmoqda. Bunga sabab nimada?

- Bilasizmi, buning sababini o'zimiz ham qidiryapmiz. Bu ham bir tajriba. Hozir shunday davrni boshdan kechiryapmizki, g'alaba qozonish qiyin bo'lyapti. Ko'p mag'lubiyatga uchraganmiz yo'q, shunchaki g'alaba qozonish qiyin bo'lyapti, yani duranglarimiz soni ko'payib ketdi. Buning sababini qidirishda davom etamiz. Xursand qilayotgan bir jihati, har doim bir jamoa bo'lib harakat qilyapmiz. Har o'yinda kimdir xato qilishi mumkin, ammo xatolar – futbolning bir bo'lagi. 

- Bunday natijalarga jamoadagi ichki muhit ham tasir o'tkazmaydimi? Yaqinda klub sport direktori Islom Inomov ishdan ketdi. Shuningdek, rahbariyat va murabbiy o'zgarishi mumkinligi haqida gap-so'zlar mavjud.

- Ha, o'yindan avval shunday gap-so'zlar haqida eshitdik. Balki tashqaridan kimdir tasir o'tkazmoqchidir. Jamoa azosi sifatida shu narsaga 100 foiz aminmanki, murabbiylar shtabi va futbolchilar – bir jamoamiz. Shunaqa paytda birlashmasak, g'alaba qozonish yanada qiyinlashadi. Balki bu tasir qilayotgandir. Lekin futboldan tashqarida bo'layotgan ishlarga jiddiy qarash futbolchilarning vazifasi emas. Biz futbol o'ynashimiz, o'z o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak. Shundagina jamoaga yordam bergan bo'lamiz. Chunki bunday holatlar ko'p jamoalarda uchrab turadi. Bunday voqea-hodisalarga chalg'isak, o'z ishimizni esdan chiqarib qo'yishimiz mumkin. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика