So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  6 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

Abdumalik Hakimov, Kochnev va Toirov “Surxon”da, Inomov va Farhod Tojiev ketdi Yangiliklar

Abdumalik Hakimov, Kochnev va Toirov “Surxon”da, Inomov va Farhod Tojiev ketdi

Teglar :  SurxonPRO-liga
PRO-Liga ishtirokchisi Termizning “Surxon” jamoasi 7 iyuldan o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlab yubordi.

Igor SHkvirin boshqaruvidagi jamoa kecha Toshkent viloyatining CHorvoq tog' tizimida yig'ildi. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilishi rejalashtirilgan. Albatta, muxlislarni tarkibda yuz berayotgan o'zgarishlar qiziqtirishi turgan gap. Olingan malumotlarga ko'ra, kecha “Surxon” safiga bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shilgan. 

Jumladan Qahramon Mahamadjonov (“Istiqlol”), Elbek Ravshanov (“Nurafshon”), Jamshid Yusupov (“Metallurg”), Sergey Proxorov (“Qizilqum”), Sirojiddin Allaev (“Regar Tadaz”, Tojikiston), Otabek Ahmadjonov (“Neftchi”) hamda Bobur Farhodov (“Xorazm”) kabi o'yinchilar ayni damda SHkvirin jamoasi yig'inida bo'lib turibdi.

Aytishlaricha “Surxon” murabbiylar shtabi birinchi davra jamoa sharafini himoya qilgan Islom Inomov, Ibrohim Rahimov va Farhod Tojiev bilan hamkorlikni to'xtatgan.
Ishqibozlar yaxshi bilishsa kerak, bosh murabbiy Dilshod Nuraliev istefoga chiqqach, uning yaqin yordamchilari Rifkat Akramxo'jaev, Ikrom Ibragimov va Aleksey Roshin ham jamoa bilan xayrlashgandi.

Igor SHkvirinning yordamchilari esa malum bo'ldi. Bular – Abdumajid Toirov, Abdumalik Hakimov va Gennadiy Kochnevdir. Surxondaryo futboli tarbiyalanuvchisi bo'lgan Toirov oxirgi paytlar “Paxtakor” akademiyasida selekciya ishlari bo'yicha murabbiylik qilib kelayotgandi. Hakimov esa joriy mavsumning birinchi qismida “Neftchi”da faoliyat yuritdi. Buxorolik Kochnev esa hech bir jamoada ko'rinish bermay kelayotgandi. Endilikda ushbu murabbiylar “Surxon”da Igor Anatolevichga yaqindan yordam beradigan bo'ldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика