Abdulla Abdullaev: "Bunday o'yinlarda ruhiy tayyorgarlik birinchi o'ringa chiqadi"
05 mar 01:41
Yangiliklar
Abdulla Abdullaev: "Bunday o'yinlarda ruhiy tayyorgarlik birinchi o'ringa chiqadi"
"Paxtakor" himoyachisi Abdulla Abdullaev "Al Hilol" (1:0)ga qarshi Osiyo Elit Chempionlar ligasining nimchorak final dastlabki o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
— Birinchi navbatda, shu sovuqda bizni qo'llab-quvvatlagan, ikkita taymda ham jim turmasdan bizni olg'a chorlagan barcha muxlislarga rahmat aytamiz. Qiyin bo'lishini kutgandik va bunga tayyorgarlik ko'rdik, hafta davomida murabbiyimizning bergan ko'rsatmalari va taktikasi bo'yicha o'ynadik va uni 70-80%ga bajardik. Qo'rqmadik va o'z uyimizda shunday o'ynashga majbur edik.
— Bunday o'yinlarda qaysi omil eng muhim?
— Bunday o'yinlarda ruhiy tayyorgarlik birinchi o'ringa chiqadi. Siz nafaqat Osiyo, balki dunyoning eng kuchli o'yinchilariga qarshi o'ynaysiz. O'zingizga ishonishingiz kerak. Ko'rganingizdek, hech qaysi jabhada ularga imkoniyatni boy bermadik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar