So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Abdulla Bo'riev: Karantinning foydali tomonlari bor Yangiliklar

Abdulla Bo'riev: Karantinning foydali tomonlari bor

Futzal bo'yicha Bunyodkor jamoasi azolari ham karantinga qatiy amal qilgan holda uyda yakka tartibda mashg'ulot o'tkazmoqda.

- Karantin vaqtida «Uyda qoling!» shioriga qatiy amal qilgan holda uyda, oila davrasidaman. Farzandlarimning darslariga yordam beryapman, turli yo'nalishdagi kitoblarni mutolaa qilyapman. 

Futzalchilarga to'xtaladigan bo'lsam, hamma o'yinchilarga yuklamalar berilgan. Ular ham uyda qolib, yakka tartibda shug'ullanyapti. Mashg'ulotlari yozilgan videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kaminaga jo'natishmoqda. Albatta hozir to'p bilan ishlashni, taktik mashg'ulotlar o'tkazishni iloji yo'q. SHuning uchun hech bo'lmasa jismoniy holat maromida bo'lsa, qolgan jihatlarni mashg'ulot o'tkazishga ruxsat berilganidan keyin tiklab olish mumkin. 

Bizga malum qilishlaricha, karantin yakunlanganidan so'ng mashg'ulot o'tkazish uchun o'n kun vaqtimiz bo'ladi. SHundan keyin chempionat o'yinlari davom ettiriladi. O'ylaymanki, bu o'n kun bizga etarli. Aslida 10 kun kam, ammo vaziyatdan kelib chiqqan holda fikr yuritadigan bo'lsak, shu kunlar ichida jamoani qisman bo'lsada chempionatga tayyorlab olamiz. Murabbiylar shtabi bilan bu qisqa vaqt ichida qanday ishlarni amalga oshirishimiz lozim ekanligini, nimalarga ahamiyat berishimiz shartligini muhokama qilyapmiz. Qolaversa, hamma jamoalarga bir xil imkoniyat beriladi va tabiiyki, hech kimning ustun tarafi bo'lmaydi. Asosiysi, o'yinchilar sog'lom, hech kimda jarohat yoki kasallik yo'q. Karantinning foydali tomonlari shundaki, futzalchilar o'yinlarni, jamoadoshlarini sog'ingan.  

Taqvimga kelsak, bu hech kimga muammo tug'dirmasa kerak. Sababi, rejaga ko'ra, bir haftada bitta tur o'tkazilishi mumkin ekan. Fikrimcha, bu yigitlarga og'irlik qilmaydi. Bunday tig'iz taqvimlarga oldin ham duch kelganmiz. O'yinchilarni bu masala bo'yicha «pishgan», desam mubolag'a bo'lmaydi. Asosiysi, mavsumni davom ettirish. Bitta turdan keyin hammasi avvalgidek davom etadi, deb o'ylayman. Kuzda futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lishi va unda terma jamoamiz qatnashishi lozim. PFL qita birinchiligi o'tkaziladimi-yo'qmi, shu bo'yicha OFKga xat bilan murojaat qilgan. Agar Osiyo chempionati o'tkaziladigan bo'lsak, terma jamoaning manfaatidan kelib chiqqan holda O'zbekiston chempionati uch davrali tizimda bo'ladi. Mabodo qita birinchiligi bu yil o'tkazilmaydigan bo'lsa, unda bizning chempionat odatdagidek to'rt davrali tizimda davom etadi, - deydi Abdulla Bo'riev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика