Abdulla Abdullaev: “Haqli ravishda g'alaba qozondik”
30 apr 2022 12:33
Yangiliklar
Abdulla Abdullaev: “Haqli ravishda g'alaba qozondik”
Superliganing 5-turidan o'rin olgan AGMK – “Qo'qon-1912” (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar himoyachisi Abdulla Abdullaevning fikrlari bilan qiziqdik.
“Mazkur bahs dastlabki daqiqalaridan boshlab hujumkor, yakka kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Ilk golni urib olganimizdan keyin o'yinni o'z nazoratimizga oldik va haqli ravishda g'alaba qozondik.
To'g'ri, jamoamiz mavsumni o'zi kutgan darajada boshlay olmadi. Buni qandaydir sabablarga ko'ra deb aytmagan bo'lardim. Bu futboldagi normal holatdir. Qaysidir jamoa yaxshi boshlaydi, yana bir boshqasi muvaffaqiyatli boshlay olmaydi. Bunday pallada birdamlik, ishonch va ahil bo'lib harakat qilish, yo'l qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosa qilib o'ynash orqali vaziyatni o'zgartirish mumkin",- deydi Abdulla Abdullaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar