So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Abdug'ani Kamolov: "Oldimda Superliganing ikki klubidan taklif bor edi. Yakunda "Turon"ni tanladim" Yangiliklar

Abdug'ani Kamolov: "Oldimda Superliganing ikki klubidan taklif bor edi. Yakunda "Turon"ni tanladim"

Yaypanning "Turon" jamoasi qishki transferlar vaqtida "Andijon" futbolchisi Abdug'ani Kamolovni o'z safiga qo'shib oldi.

Biz o'z navbatida yangi klub bilan shartnoma imzolagan Abdug'ani Kamolovning fikrlari bilan qiziqdik. 


- "Turon"ning chorlovini qabul qilish qanday yuz berdi?

- Avvalambor assalomu alaykum. Mavsum yakunlangach "Turon"ga o'tish imkoniyati yuzaga keldi. Klub rahbariyati taklif bilan chiqdi. SHu pallada oldimda Superliganing 2 klubidan taklif bor edi. Avvalo otam bilan, so'ng murabbiyim Yorqin aka Nazarov bilan maslahatlashdim. Barcha variantlarni ko'rib chiqib yakunda "Turon" tanlovida to'xtadim. Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan klubga rozilik bildirdim, deya olaman. Bunda bosh murabbiy Anvar Berdiev ham o'z tavsiyalarini berdi. 

- "Andijon" ham, "Turon" ham Pro ligada ishtirok etadi. SHunday ekan o'z jamoangizda qolishingiz mumkinmidi?

- "Andijon" rahbariyatiga va muxlislariga katta rahmat aytaman. Ushbu jamoadan ko'p narsa o'rgandim. Yaypanga kelishim yaqin vaqt ichida hal bo'ldi. "Andijon" menga mavsum tugashi bilan qo'ng'iroq qilib jamoada qolishimni so'rashdi. Ular 3 kun ichida aniq javobimni berishimni so'rashdi. Boisi mening o'rnimga boshqa futbolchini ko'rishlari kerak edi. 

- Pro liga ortga tashlangan qadam bo'lmaydimi?

- Futbolda bir qadam orqaga, ikki qadam oldinga degan gap bor. Yanada kuchli bo'lib oldinga qarab yurish kerak. Pro liga saviyasi so'nggi yillarda ancha kuchaydi. Raqobat ancha qizg'in kechmoqda. Joriy yilda "Andijon", "Buxoro", "Mashal", "Turon" jamoalari Superligaga chiqish uchun kurashishadi. Xudo xohlasa chempionlikni qo'lga kiritib Superligaga yo'llanma olamiz, deb o'ylayman. Albatta oson bo'lmaydi. Barchasi o'z qo'limizda. 

- O'tgan mavsum birdaniga 3ta jamoaning Pro ligaga tushib ketishi tasodifmidi?

- Mavsum oxirida Superligada qolish uchun kurash qiziqarli bo'ldi. Balki tasodifdir. Ammo tan olish kerak "Olimpik" jamoasi juda zo'r o'yin ko'rsatdi. Ular bunga loyiq edi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика