So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  17 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  13 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Abbos Maxstaliev: "Terma jamoaning tez-tez yig'in o'tkazishi juda zarur va foydali" Yangiliklar

Abbos Maxstaliev: "Terma jamoaning tez-tez yig'in o'tkazishi juda zarur va foydali"

Xabaringiz bor SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi O'zbekiston (U-22) terma jamoasi bugun BAAdagi yig'inini yakunladi.
Ushbu yig'inni ikki g'alaba va bir durang bilan yakunlagan terma jamoamiz azosi Abbos Maxstaliev "CA" saytiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Har bir yosh toifasida terma jamoalarning tez-tez yig'in o'tkazib turishi bu juda ham zarur va foydalidir. Misol uchun, biz klublarda bo'lsak faqatgina yaqin safdoshimiz bilan o'yin uslubimizni bir fikrda anglab olishimiz mumkin. Terma jamoa bo'lgandan so'ng barcha klubdan, har xil o'yin uslubiga ega bo'lgan futbolchilar tashrif buyuradi. Har bir futbolchi individual alo natija ko'rsatishi mumkin lekin terma jamoa uchun eng muhimi birlikdir. Oldimizda jiddiy musobaqa turibdi. Osiyo chempionatida jamoamiz sharafini munosib himoya qilmoqchimiz.

Bo'lib o'tgan yig'in borasida gapiradigan bo'lsam ko'ngildagidek o'tdi. Ko'plab futbolchilar bilan birga o'ynaganim uchun menga juda qiyin bo'ldi deya olmayman. Albaniyani oson mag'lub etmadik. Birinchi o'yinda ko'plab xatolar ham bo'ldi. Bahrayn bilan o'yinda esa bizga omad kelmadi. Alisher SHog'ulomov, Quvondiq Ro'zievda yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi. Bahrayn ikkinchi bo'limda asosan vaqtni o'tishi uchun o'ynadi. Bizga nazorat bahsida faqatgina o'yin kerak edi. Natijani esa Osiyo chempionatida ko'rsatmoqchimiz", - deydi Abbos Maxstaliev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика