Abbos Fayzullaev: "Vetnam va Xitoydan kuchli ekanligimizni maydonda isbotlashimiz kerak"
09 okt 2023 20:16
Yangiliklar
Abbos Fayzullaev: "Vetnam va Xitoydan kuchli ekanligimizni maydonda isbotlashimiz kerak"
Murabbiy futbolchimizga asosiy tarkibda imkon berishda davom etmoqda. Abbos esa o'zining ajoyib o'yinlari bilan bildirilgan ishonchni har bir o'yinda oqlayapti. Futbolchi bugun terma jamoa ixtiyoriga etib keldi va mashg'ulotlarga qo'shildi. Biz esa uning fikrlari bilan qiziqdik.
— Klubdagi faoliyatimdan ko'nglim to'lyapti, desam ham bo'ladi. Jamoaga ancha kirishib ketdim. Maydonda va maydon tashqarisida o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Moslashish jarayonida jamoadoshlarim ham ancha yordam berdi. Hozir hammasi yaxshi. CSKAga moslashishda jamoadoshlarimning yaxshi qabul qilgani hamda til bilan bog'liq muammo bo'lmagani katta rol o'ynadi, deb o'ylayman.

— O'zbekiston terma jamoasi bilan Jahon chempionati saralashi va Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Jamoadagilarning kayfiyati alo darajada. Har bir raqib o'ziga yarasha qiyin. Ulardan kuchli ekanligimizni maydonda ko'rsatishimiz kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar