So’nggi yangiliklar

13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  27 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  7 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 11:36Катанец нега ҳимоячи ўрнига ярим ҳимоячи, ярим ҳимоячи ўрнига эса ҳимоячини чақиради?   14 10:48Ди Канио: "Бу иши учун МЮ директорларини қамаб қўйган бўлардим"  3 10:37Про лига. 20-турнинг қолдирилган учрашувини Шавкат Насибуллаев бошқариб боради  0 10:15Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди  32 10:07Гюлер: "Анчелотти билан муаммолар йўқ"  0 09:34Испания Суперкубоги форматида ўзгариш бўлди  0 08:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  1 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди?  20 07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  2 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0

A Seriyaning "o'tirib qolgan" yulduzlari Yangiliklar

A Seriyaning "o'tirib qolgan" yulduzlari

Bazida futbolchi mavsumning yarmini yuqori darajada o'tkazadi va darhol yanada kuchli jamoaga o'tib ketadi.

Ammo buning aksi bo'lgan vaziyatlar ham yo'q emas. Futbolchi o'zining darajasini isbotlaydi, biroq uning ambiciyalariga umuman mos kelmaydigan klubda qolib ketadi. Bugun kimlar A Seriyadagi jamoasida qolib ketgani haqida so'z yuritamiz. 


Andrea Belotti

Belotti bir necha kun avval Turindan ketgani elon qilindi. U 21 yoshida "Palermo"dan "Torino"ga o'tgan va 1-mavsumidayoq 12ta gol urishga erishgan. Keyin esa "buqalar" safida eng sermahsul mavsumni o'tkazib, 26ta gol urgan. "Torino" prezidenti uni 100 milliondan kam summaga sotishni xohlamadi, ammo hech kim u uchun shuncha pul sarflashni ham istamadi.

Futbolchining samaradorligi boshqa bu qadar ajoyib bo'lmadi. U jamoaning asosiy yulduzi maqomiga erishdi, klub sardori bo'ldi. Lekin "Torino" titullar uchun kurashmadi, bor yo'g'i 1 marta Evropa Ligasida ishtirok etdi. Ha aytgancha, Belotti 6 o'yinda 6ta gol urdi. Rahbariyat esa A Seriya grandlaridan bo'lgan takliflarni rad etdi. Natijada, Belotti klubdan erkin agent sifatida ketdi. Qo'shimchasiga, o'zi uchun omadsiz bo'lgan mavsum, maydondagi kurashdan ko'ra ko'proq jarohatlarga qarshi kurash bilan o'tgan va bor yo'g'i 8 ta gol urgan. Achinarlisi, endi grand jamoalar u uchun navbatda turgani yo'q. Katta ehtimol bilan Andrea faoliyatini "Monako"da davom ettiradi. Ehtimol, "buqalar"dan ertaroq ketishga qaror qilganida, hozir ancha kuchliroq jamoa sharafini himoya qilayotgan bo'larmidi?!


Sergey Milinkovich-Savich

"Genk"dagi o'rtamiyona mavsumdan keyin serbiyalik yarim himoyachi "Lacio"ga o'tdi. Ammo hozirgi darajasiga darhol erishgani yo'q. Avvaliga adaptaciya jarayonlariga malum vaqt kerak bo'ldi. Lekin ikki yil o'tib, Milikovich-Savich A Seriya ramziy terma jamoasidan o'rin oldi. "Lacio"ga esa futbolchini sotib olish bo'yicha qator takliflar tusha boshladi. Biroq klubning ekscentrik prezidenti Klaudio Lotito futbolchi uchun 100 million talab qildi. Tabiiyki, hech kim buncha pul berishni istamadi. SHunga qaramay, serbiyalik tempni tushirmadi va jamoaning muhim bo'lagiga aylandi.

2019/20 yilgi mavsumda "Lacio" skudettoni qo'lga kiritishi mumkin edi, lekin mavsum boshlanganida omadsizlikka uchradi. Har yozda Italiya va uning tashqarisidagi klublar Lotitoga taklif bilan chiqishadi, ammo u o'z so'zida qatiy turib oladi. Milinkovich-Savich Italiyada bo'lgan vaqtidan beri bu mavsum gol+pas tizimi bo'yicha u uchun eng yaxshisi bo'ldi. Ammo jamoa yana CHempionlar Ligasiga chiqa olmadi. SHubhasiz, 27 yoshda oldinga harakat qilib ko'rish lozim. Milinkovich-Savichga "CHelsi" va "Arsenal" davogarlik qilmoqda. Ular 55 million evro taklif qilishmoqda, biroq Lotito 70 mln deb turib oldi. Markaziy yarim himoyachi bu gal ham oldinga qadam tashlolmaydi degan taxmin bor...


Duvan Sapata 

Kolumbiyalik forvardning A Seriyaga yo'li anchayin qiyin bo'lgan. "Estudians"da o'tgan muvaffaqiyatli mavsumdan keyin uni "Napoli" sotib oladi, lekin 2 yil davomida bor yo'g'i 11 ta gol urgan hujumchi asosiy tarkib azosiga aylana olmadi. SHundan keyin Duvan "Sampdoriya" va "Udineze"da o'zini juda yaxshi ko'rsatadi hamda "Atalanta" etiboriga tushadi. Bergamoda u ajoyib mavsum o'tkazdi va 23 ta gol urdi. Transfer oynasi ochilganida esa barchasi futbolchi APLga yo'l olishiga qarab ketayotgandi, ammo tomonlar kelisha olishmadi.

Italiyada ham qiziqayotganlar etarli edi, biroq Sapata "Atalanta"da qolib, muntazam ravishda gol urardi. SHunga qaramay, Duvan bundan ko'prog'iga erishish mumkindek edi. Bunday imkoniyat ayniqsa o'tgan mavsum bo'lgandi. "Inter" kolumbiyalikni Lukakuga o'rinbosar sifatida ko'rardi, lekin "Atalanta" anchagina katta narx qo'ydi va transfer amalga oshmadi. Kim biladi deysiz, balki Bergamodagilar bundan afsuslangan bo'lishsa ajab emas. Sapata mavsum davomida davolanish bilan ovvora bo'ldi va 10 ta gol urib, jamoadagi eng omadsiz mavsumini o'tkazdi. Hozir Duvan 31 yoshda va hali top-klubdan taklif olishi mumkindek, ammo u o'zi uchun qadrdon Bergamoda keragidan ko'proq ushlanib qolgandek.


Nikola Milenkovich

"Fiorentina" 2017 yil "Partizan"ning iqtidorli himoyachisi uchun kurashda g'olib bo'ldi va darhol nima uchun Evropaning salohiyati eng yuqori markaziy himoyachilardan biri deb hisoblanganini maydonda isbotlay boshladi. Qisqa adaptaciyadan so'ng, u nafaqat asosiy tarkibdagi joyni kafolatlab qo'ydi, balki markaziy himoyadagi etakchilikni ham qo'liga ola boshladi. Qizig'i, serb nafaqat himoyada, balki hujumda ham faol edi. Buning natijasida 5 ta gol urishga erishdi. Bir qarashda Nikola bu erda uzoq ushlanib qolmaydigandek edi.

Ustiga-ustak, MYU aniq taklif bilan "Fiorentina"ga murojaat qildi. Biroq "fial"kalar prezidenti har qanday takliflarni rad etardi. O'tgan mavsumni ham Milenkovich ancha yuqori darajada stabil o'tkazdi, lekin u "Fiorentina" darajasidan o'sib bo'lgandek. U faoliyatidagi keyingi qadamni tashlashi zarur. "Inter" va "Yuventus" himoyachini "begona qilmoqchi" emas. Nazarimizda, yana Florenciyada qolib ketish A Seriyaning eng qiziqarli markaziy himoyachilaridan biri uchun noto'g'ri qaror bo'ladi.


Domeniko Berardi

Domeniko Berardi ketishi kerak bo'lib, bir jamoada uzoq qolib ketganlarning o'ziga xos timsoli bo'lsa kerak. "Sassuolo" tarbiyalanuvchisi "neroverdi" B Seriyadan A Seriyaga chiqqanida etiborga tushgandi. Elitada ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi — 16 ta gol urdi. Bundan keyin kuchliroq klublarning qiziqishi va ehtimoliy transferlar haqida gap-so'zlar tarqaldi, lekin mana 10 yildirki Berardi "Sassuolo" sharafini himoya qilmoqda.

Jamoa ustozi Eusebio Di Franchesko "Roma"ga yo'l olganida, Berardi ham uning ortidan yo'l olishi taxmin qilingandi, biroq unday bo'lmadi. Berardining hozirgi holati, jarohatga moyilligi bilan top-klublar katta pul sarflashga tayyor emas. O'tgan mavsum Domeniko 15 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avgustda Berardi 28 yoshni qarshilaydi va uni katta klubda ko'rish qiziq bo'lardi. Jadvalning yuqori qismidagi klublarning qiziqishi butkul yo'qolmagan, ammo bu kelishuv 8 yil avval bo'lishi mumkin edi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика