So’nggi yangiliklar

02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  0 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  0 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  16 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2 00:30Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леванте"ни мағлуб этди, Гризманн захирадан майдонга тушиб, дубль қайд этди  1 00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:49"Челси" — "Вулверхэмптон". Таркиблар маълум  2 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  0 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  3 22:55ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди  123 22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  48 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  23 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0

A Seriya. Ikki zarba ikki gol - "Speciya" o'z maydonida "Inter"ni mag'lub etdi, SHomurodov bir bo'lim o'ynadi Yangiliklar

A Seriya. Ikki zarba ikki gol - "Speciya" o'z maydonida "Inter"ni mag'lub etdi, SHomurodov bir bo'lim o'ynadi

A Seriyaning 26-turidan o'rin olgan "Speciya" – "Inter" bahsi yakunlandi.

Speciya – Inter 2:1

11 mart, 00:45 | "Alberto Pikko"

Gollar: Maldini (55, 1:0), Lukaku (84-pen, 1:1), Nzola (86-pen, 2:1).

Speciya – Drongovski, Amyan, Nikolau, Kaldara, Ampadu, Visnevski, Burabiya, Jurkovski (Ekdal, 46), Agudelo (Kovalenko, 67), SHomurodov (Maldini, 46; Visnievski, 90), Nzola, Jasi (Ferrer, 81).

Inter – Xandanovich, Darmian (Karboni, 80), D`Ambrozio (Dumfris, 66), Acherbi, Bastoni, Gozens (Dimarko, 66), Mxitaryan (Djeko, 66), Brozovich, Barella (CHalxanoglu, 66), Lukaku, Martines.

Ogohlantirish: Jasi (6), Kaldara (12), Nikolau (71).

Spezia

Daniel Maldini - 55', M'Bala Nzola - 87'

Serie A . 26-tur

11/03/2023, 00:45

1
:
2
Tugadi

Inter

Romelu Lukaku - 83'

Stadion: Stadio Alberto Picco, 11466 tomoshabin

Bosh hakam: Livio Marinelli

45'
90'
6'  Emmanuel Quartsin Gyasi
12'  Mattia Caldara
46'  Szymon Zurkowski (Albin Ekdal)
46'  Eldor Shomurodov (Daniel Maldini)
55'  Daniel Maldini
55'  M'Bala Nzola
66'  Kevin Agudelo (Viktor Kovalenko)
71'  Dimitrios Nikolaou
81'  Emmanuel Quartsin Gyasi (Salvador Ferrer)
87'  M'Bala Nzola
89'  Daniel Maldini (Przemyslaw Wisniewski)
14'  Lautaro Martinez
66'  Nicolo Barella (Hakan Calhanoglu)
66'  Robin Gosens (Federico Dimarco)
66'  Danilo D'Ambrosio (Denzel Dumfries)
67'  Henrikh Mkhitaryan (Edin Dzeko)
80'  Matteo Darmian (Valentin Carboni)
83'  Romelu Lukaku

YANGILASH

A Seriya turnir jadvali bilan tanishib olishingiz mumkin

UCHRASHUV YAKUNLANDI! Semplichi qo'l ostida "Speciya" ilk g'alabasini qo'lga kiritdi! 

90+4. Lautaroning zarbasi noaniq ketdi.

Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. UXXXXXXX!!! Darvozaga kirib ketayotgan to'pni "Speciya" futbolchisi qaytarib qoldi! 

86. GOOOOLLLLLL!!! NZZOLAAAAAAA!!! "Speciya" ikkinchi zarba bilan ikkinchi golni urdi!

85. PE-NAL-TIIII!!! "Speciya" tepadi endi!

84. GOOOOOOOOLLLL! Lukaku penaltidan unumli foydalandi va hisob tenglashdi.

83. PENALTI! Lukaku to'p yonida.

82. Dimarko chap qanotdan to'pni darvoza yoniga uzatdi. Ampadu vaziyatni bataraf qildi.

78. ZARBAAAAAAAA!! Burchakdan uzatilgan to'pni Brozovich to'xtatmasdan, erga tushirmasdan darvoza tomon tepgandi. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

75. ZARBAAAAAAAA!! Burchakdan uzatilgan to'pga Lautaro boshi bilan zarba yo'lladi. Gol bo'lishiga bir bahya qolgandi.

73. "Inter" uzoq vaqt "Speciya"ni bosim ostida ushlab turdi. Yakunda Lautaro hujumda fol ishlatdi va to'p mezbonlarga olib berildi.

70. ZARBAAAAAAA!!! CHalxanogluning uzoq masofadan darvozaga yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

67. "Inter"da bir yo'la 3 o'zgarish bo'ldi. Inzagi gol urish uchun hujum chizig'ini yangilab tashladi.

65. "Inter" yana hujumga o'tgandi. Qanotdan uzatilgan to'pga Gosens zarba yo'lladi. Noaniq. 

59. "Inter" hujumga o'tdi. Gosensning zarbasini himoyachilar burchakka chiqarib yuborishdi.

Tasavvur qiling: zarbalar 1-17. Gollar 1-0. Qani adolat)

55. GOOOOOOOOOOLLLLLL!!! SHomurodovning o'rniga maydonga tushgan Daniel Maldini hisobni ochdi!

50. UXXXXX!! Mxitaryan burchak zarbasidan gol urmoqchi bo'ldi. Dragovski o'z o'rnida ishonchli o'ynadi.

46. Taym gol bilan boshlangandi. Ammo Lukaku offsaydda qolgani sababli gol inobatga olinmadi. Martines chiroyli gol urgandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

46. O'zgarish. SHomurodov o'rniga Maldini maydonga tushdi.

- Jamoalar maydonga qaytib chiqishdi, ammo...

"Speciya"ning bosimi ostida birinchi bo'lim yakunlandi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. DRAGOVSKIIIIIII!!! Lautaro tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi jarima maydonchasi chizig'i ustidan Dragovskining darvozasiga to'pni kiritmoqchi bo'ldi. Darvozabon yana bunga ko'nmadi.

39. SHomurodov markazda jarima ishladi. Undan Agudeloning uzatgan to'pi maydondan chiqib ketdi.

35. Lautaroning zarbasi rikoshet hosil qilib, Dragovskining qo'liga borib tushdi.

32. AGUDELOOOOOOOO!!!! Ikki himoyachidan ko'rdim demay o'tib ketdi va Xandanovichning ustidan to'pni tashladi. Afsuski, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

29. ZARBAAAAAA!! Havodan kelayotgan to'pni Mxitaryan erga tushirmasdan darvozaga tepdi. To'p darvoza tepasidan o'tib ketdi.

26. Lukaku hujumga o'tdi. 3-4 marta "zamax" olganiga biror himoyachi "xot-dogga ketmadi". Uning zarbasiga blok qo'ya olishdi.

21. ZARBAAAAAAA!! DRAGOVSKIII!!! Lautaroning yana bir kuchli zarbasini polshalik posbon qaytara oldi!

19. "Inter" yana hujumda. Gosensning qanotdan uzatmasiga Lukaku zarba berdi. To'p regbi darvozasiga ham gol bo'lmasdi.

16. EXXXXX!! Nzola jarima maydonchasi tomon pas bergandi. To'p Eldorga etib borishiga Bastoni yo'l qo'ymadi.

14. YO'O'O'O'QQQQ!!! Dragovski super seyvni amalga oshirdi!

12. PENALTI! Kaldaraga sariq!

11. Bu katta ehtimol penalti.

9. VAR ishga tushdi. Kaldara darvozasi yonida raqibiga qarshi fol ishlatgandek ko'rindi.

6. ZARBAAAAAAAA!! Lautaroning bu safargi kuchli zarbasini Dragovski qiyinchilik bilan urib yubordi.

4. Bahsdagi ilk aniq zarba. Lautaroning noqulay tarzda yo'llagan zarbasini Dragovski ushlab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar o'yin oldidan bir daqiqalik sukut saqlashmoqda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! "Alberto Pikko" stadionida "Speciya" - "Inter" uchrashuvi boshlanmoqda.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика