So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  1 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  11 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  33 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

A Seriya. SHomurodov maydonga tushirilmagan o'yinda "Roma" "Atalanta"ni mag'lub etdi Yangiliklar

A Seriya. SHomurodov maydonga tushirilmagan o'yinda "Roma" "Atalanta"ni mag'lub etdi

Italiya chempionati 28-turidan joy egallagan "Roma" – "Atalanta" uchrashuvi yakunlandi.


Roma – Atalanta 1:0

22.00, «Stadio Olimpiko»

Gol: 1:0 – 32 Abraxam.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Rojer, 84), Smolling, Manchini, Kumbula, Zalevski (Vinya, 62), Mxitaryan, Kristante, Pellegrini (Serjiu Oliveyra, 84), Dzanolo (Veretu, 75), Abraxam (Afena-Gyan, 84).

Atalanta – Musso, Xatebur, Palomino (Gimshiti, 82), Demiral, Dzappakosta (Peccella, 21), de Ron, Froyler, Pashalich (Muriel, 46), Pessina (Boga, 60), Kopmeyners (Malinovskiy, 60), Miranchuk.

Ogohlantirishlar: Kristante (9), Abraxam (21), Mxitaryan (66), Kumbula (69), Malinovskiy (78), Rojer (85), Demiral (86), de Ron (90).

CHetlatishlar: de Ron (90), Mxitaryan (90).


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Roma" "Atalanta"ni o'z maydonida minimal hisobda mag'lub etdi. SHomurodovning maydonga tushishini kutib, uxlamasdan esnab o'tirganlar xafa bo'lishmasin. Muhimi, uning jamoasi g'alaba qozondi.

90+6. Mxitaryan ham qizil kartochka olib, biroz avval tark etgan sherigining ortidan yo'l oldi.

90+5. Marten de Ron ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.

90+4. "Roma" to'pni o'zida saqlash orqali vaqt o'tkazishga urinmoqda, mehmonlar esa bundan darg'azab bo'lmoqda.

90+2. Mezbonlarning hujumi poyoniga etmay qoldi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Atalanta"da xavfli hujum yuzaga kelgandi, Smolling to'pni tepib yubordi.

86. Bugun hammayoq sarg'ayib ketdi. Demiralga navbat keldi, hakam uning tug'ilgan kuniga sovg'a ulashdi.

85. Ibanes raqibini chalgani uchun sariq qkartochka bilan jazolandi.

83. "Roma"da birato'la uch o'zgarish, maydonga tushadiganlar orasida SHomurodov yo'q.

80. Abraxam o'ng qanotdan Mxitaryan tomonidan uzatmani to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, noaniq.

78. Maydonda kichik janjalcha yuzaga keldi. Malinovskiy ogohlantirildi.

74. "Roma"da o'zgarish: Zanolo o'rniga SHomurodov emas, Jordan Veretu maydonga tushirildi.

72. "Roma"da yana bir qarshi hujum tashkillashtirildi. Abraxamning uzatmasidan so'ng Zanolo zarba yo'lladi, to'p himoyachining oyog'iga tegib, autga chiqib ketdi.

70. Kumbula o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi.

69. Mxitaryan markazdan tezkor hujum tashkillashtirdi, o'ngroqda turgan Zanologa uzatmadan so'ng raqib himoyachisi chaqqonlik bilan to'pni olib qo'ydi.

66. Mxitaryan raqib hujumini to'xtatgani uchun ogohlantirildi.

64. Burchak zarbasidan so'ng Manchini chap oyoda darvoza to'rini titratishi mumkin edi, uning mo'ljali yuqoriga qarab ketdi.

62. "Roma"da majburiy o'zgarish: jarohat olgan Zalevski o'rnisha Vinya o'yinga qo'shildi.

60. "Atalanta"da ikki o'zgarish: Jeremi Boga Matteo Pessina o'rniga, Ruslan Malinovskiy esa Ten Kopmeyners o'rniga maydonga tushdi.

58.  "Atalanta" hujumini Mxitaryan to'xtatgandi, biroq pas berishda arman futbolchisi xatoga yo'l qo'ydi.

55. Zalevski shikastlandi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

51. Patrisiu o'z mahoratini namoyish etib, raqibning xavfli hujumini bartaraf etdi.

50. Zanolodan ofsaydli gol.

48. Mxitaryan Pelligriniga ajoyib imkoniyat yaratib bergandi, "chaynab berilgan" vaziyatni "Roma" yarim himoyachisi "yuta olmadi".

47. Standart vaziyat bartaraf etildi, hujumda qo'pollik ishlatildi.

46. Abraxam burchak zarbasi ishlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

"Atalanta"da o'zgarish: Pashalich o'rniga Muriel maydonga tushdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Pelligrini aynan olis yo'lni tanladi.

45. Birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berildi. 

45. Mxitaryan yiqitildi. "Roma"da yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Osmon olis, lekin Musso qo'riqlayotgan darvoza yaqin.

42. Jarima zarbasi "Rim devori"dan nariga o'tmadi. Smolling qornini changanllab yotibdi, u o'rnidan turdi.

41. Karsdorpning "say-harakatlari" bilan "Roma"ning hujumi barbod bo'ldi. Oqibatda, rimliklar darvozasi yonida standart vaziyat yuzaga keldi.

39. Zanoloni maydonda markazida "ag'darishdi".

35. Pessina hujumda qo'pollik ishlatildi. "Na qildim ey, janobi hakam", deya etiroz bildirmoqda mehmonlar o'yinchisi.

32. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! Zanoloning uzatmasini ikki himoyachi orasidan epchilroq harakat qilgan Abraxam chiroyli yakunladi.

30. Zanolo chap oyoqda endi qo'zg'algan velosiped tezligida zarba yo'lladi.

28. Abraxam markazdan hujum boshladi, o'ng qanotdan davom ettirilib, jarima maydoniga uzatilgan to'pni raqib himoyachilari qaytarishdi.

27. Zanolo voqealar rivojidan oldinlab ketdi.

26. Froylerdan zarba, ammo kuchsiz.

Uchrashuv avvalida "Roma" kiyinish xonasidan olingan surat. 

23. Mehmonlarda xavfli vaziyat yuzaga keldi. "Roma" himoyachilari bartaraf etishdi.

22. Majburiy o'zgarish: Juzeppe Peccella Zapakosta o'rniga maydonga tushdi.

21. Tergov ishlaridan so'ng aybdor topildi. Abraxamga sariq kartochka ko'rsatildi.

20. Abraxam va Demiral to'qnashib ketdi. Ikkalasiga ham medbratlar yordam ko'rsatmoqda.

18. Zanolo olisdan o'z omadini sinab ko'rdi. Musso o'z o'rnida.

16. "Atalanta"ning hujumi besamar yakunlandi. Patrisiu to'pni o'yinga kiritadi.

15. Zapakostaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

14. SHomurodov tushadimi-yo'qmi, bunisi bizga qorong'i, keling, maza qilib futbol tomosha qilaylik. Futbolni bir kishi uchun tomosha qilmaymizku.

13. "Roma" to'pni nazorat qilishga harakat qilmoqda. 

9. Ogohlantirish. Kristante katta tezlikda ketayotgan raqibini to'xtatib qolgani uchun jazolandi.

7. Zanologa nisbatan qo'pollik ishlatildi.

3. ZARBA! Manchini burchakdan uzatilgan to'pga boshi bilan zarba yo'llagandi, Mussodan seyv!

1. Uchrashuv boshlandi.

O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov uchrashuvni zaxirada boshladi. SHomurodov uchrashuvni zaxirada boshladi. Dastlab hujumchining qaydnomaga kiritilmagani malum qilingandi. So'nggi malumotlarga ko'ra, u maydonga tushishi mumkin.

Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика