“A” seriya prevyusi: Ko'p narsani hal qiluvchi tur
05 apr 2014 16:20
Yangiliklar

“A” seriya prevyusi: Ko'p narsani hal qiluvchi tur
“A” seriyada bu hafta 32-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Mazkur hafta ko'p narsa taqdiriga oydinlik kiritib berishi kutilmoqda.
5 aprel, shanba
21:00. KEVO - VERONA
Taxminimiz – 1:2
Verona derbisida birinchi davrada “Kevo” kichik hisobda g'alaba qozongandi. Bu safar esa Andrey Mandorlini boshchilik qilayotgan “Verona”ning imkoniyati yaxshiroq. Jamoa turnir jadvalida ancha oldinda joylashgan va Evropa Ligasida qatnashishga imkon beradigan o'rinlar uchun kurashyapti. Luka Tonining yaxshi holatda ekanligi mehmonlarga qo'l kelish ehtimoli ko'proq.
23:45. INTER - BOLONYA
Taxminimiz – 3:1
Oxirgi turlarda yana omadsizlik girdobiga tushib qolgan “Inter” esa “Bolonya”ni qabul qiladi. Maccariga istefo xavf solib turibdi. Bu paytda u futbolchilarni ikki baravar ruhlantirishga urinadi. Mehmonlar ustozi Davide Ballardini murabbiy sifatida milanliklarni umuman dog'da qoldira olmagan. Bu safar ham mezbonlarning imkoniyati ancha yuqori.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Kampanyaro - Della Rokka, Akvafreska.
6 aprel, yakshanba
15:30. LACIO - SAMPDORIYA
Taxminimiz – 2:1
Sinisha Mixaylovich o'zining futbolchilikdagi sobiq klubiga qarshi “Olimpiko”da maydonga tushadi. Bu o'ziga xos intriga keltirib chiqarishi tabiiy. Mixaylovich genuyaliklar bilan juda yaxshi ntijalarga erishmoqda. Uning qo'l ostida jamoa chiroyli, shiddatli o'yin ko'rsatib, ijobiy natijalarga erishdi. Bellashuvda esa “Lacio” kichki ustunlikka ega.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Ledesma, Ederson, Dias, Byava, Novaretti - Gastaldello.
18:00. ATALANTA - SASSUOLO
Taxminimiz – 2:0
Bergamoliklar mart oyida nafaqat Italiya, balki Evropaning eng yaxshi jamoasiga aylanishdi. Ular “A” seriyada o'tkazgan 6 uchrashuvning barchasida g'alaba qozonishdi. Bu ajoyib natija, albatta. “Atalanta” juda yaxshi formadi, “Sassuolo”da teskarisi. Boz ustiga, ko'plab futbolchilarning jarohatlangani mehmonlarga haqiqiy bosh og'riq tug'dirmoqda.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Stendardo, Kaccola, Brivio, Morales - Alekse, Ariaudo, Acherbi, Brigi, Marrone, Manfredini, Puchino, Byanko.
18:00. KATANIYA - TORINO
Taxminimiz – 1:1
“A” seriyada qolish uchun kurashayotgan “Kataniya” uchun hal qiluvchi pallalar boshlanmoqda. Biroq jamoada vaziyatni o'zgartirish uchun kuch etarli emas. O'yin saviyasi yaxshi emas, barqarorlik ko'zga tashlanmaydi. Turinliklar imkon qadar yuqoriroq pog'onalardan joy egallash uchun harakat qilishmoqda.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Rinaudo, Almiron - Jiye, Larrondo, Mazello, Paskuale.
18:00. FIORENTINA - UDINEZE
Taxminimiz – 2:2
Turning markaziy uchrashuvlaridan biri. Florenciyaliklar faqat Evropa Ligasida ishtirok etishga huquq beradigan o'rinlardan birini egallashlari oydinlashib qoldi. SHu sababli jamoalarni ehtiyotkorlikka chorlaydigan sababning o'zi yo'q. Har ikki jamoa hujumkor futbol namoyish etishga odatlangan. Muxlislarni “Artemio Franki”da jozibali futbol kutib turganiga shubha qilmaymiz. “Udineze”ning 17 yoshli posboni Simone Skuffet debyut mavsumining o'zida o'tkazgan 10 o'yindan 6tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Savich, Xegazi, Rossi, Rebich, Gomes, Vargas - Di Natale, Pinci, Domicci.
18:00. KALYARI - ROMA
Taxminimiz – 1:1
O'z maydonida etakchilarning asabiga o'ynaydigan siciliyaliklar bu safar “Roma”ni qabul qilishadi. Rimliklar chempionlik uchun kurashni davom ettirayotganliklarini isbotlash uchun uch ochkoga ega bo'lishlari shart. Aks holda, shu turdan keyinoq barchasi hal bo'ladi. “Kalyari” esa odatdagidek o'z o'yinini namoyish qilishga urinadi. Rimliklar safida Nainggolan sobiq klubiga qarshi maydonga chiqadi. Tomonlar imkoniyatini deyarli teng baholash mumkin.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Rossettini, Adrian, Sau - Balcaretti, Strotman.
23:45. PARMA - NAPOLI
Taxminimiz – 2:1
Roberto Donadoni jamoasi oxirgi 3 bellashuvda faqat mag'lubiyatga uchradli. Bungacha parmaliklar ketma-ket 17 bahsda yutqazishmagandi. Evropa Lgiasiga yo'llanma olishni xohlasa, “Parma” zafar quchishi lozim. “Napoli” esa uchinchi o'rin masalasini deyarli hal qilgan. SHuning uchun jamoa bosimsiz harakat qiladi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Amauri, Lukarelli, Kassano, Gargano, Vergara, Pocci - Rafael, Majjo.
7 aprel, dushanba
YUVENTUS - LIVORNO
Taxminimiz – 4:1
“Livorno” safida Paulino o'zini ko'rsatishga erishmoqda, biroq bu jamoaning ochkolarni qo'lga kiritishi uchun ham etarli bo'lmayapti. Oxirgi 20 uchrashuvda livornoliklar darvozalaridan to'p o'tkazib yuborishmoqda. “Yuventus” g'alaba qozonsa, chempionlik uchun dadil qadam tashlaydi. SHu sababli Turindagi o'yinda mezbonlarning imkoniyati ancha yuqori.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Vidal, Barcali, Ogbonna, Pepe - Luchi, Emerson, Mbaye.
00:00. JENOA - MILAN
Taxminimiz – 1:1
Genuyaliklar o'z maydonida har qanday raqibga qarshi jiddiy muammolar yarata olishadi. Hozirgi “Milan” bilan bahsda ham ulardan buni kutsa bo'ladi. Jamoalarning imkoniyati teng. Ular egallab turgan o'rinlar ham yonma-yon. G'alaba mezbonlarga milanliklarga etib olish imkoniyatini beradi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Matuzalem, Donnarumma, Vrsalko, Kucka - El SHaaravi, De SHilo, Petanya, Ameliya, Muntari, Essen.
Behzod Nazarov.

Fikrlar