So’nggi yangiliklar

00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  2 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  19 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  4 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  101 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  21

A Seriya. Simeone "Napoli"ga "Milan" ustidan g'alaba taqdim qildi Yangiliklar

A Seriya. Simeone "Napoli"ga "Milan" ustidan g'alaba taqdim qildi

Italiya chempionati 7-turi doirasidagi uchrashuv tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

AC Milan

Olivier Giroud - 69'

Serie A . 7-tur

19/09/2022, 00:45

2
:
1
Tugadi

SSC Napoli

Matteo Politano - 55', Giovanni Simeone - 78'

Stadion: San Siro, 72573 tomoshabin

Bosh hakam: Maurizio Mariani

45'
90'
18'  Simon Kjaer
45'  Davide Calabria
46'  Simon Kjaer (Pierre Kalulu)
46'  Davide Calabria (Sergino Dest)
53'  Rade Krunic
66'  Rade Krunic (Brahim Diaz)
66'  Alexis Saelemaekers (Junior Messias)
69'  Olivier Giroud
69'  Theo Hernandez
74'  Fikayo Tomori
82'  Charles De Ketelaere (Yacine Adli)
55'  Matteo Politano
63'  Amir Rrahmani
66'  Matteo Politano (Alessio Zerbin)
66'  Giacomo Raspadori (Giovanni Simeone)
71'  Giovanni Simeone
78'  Giovanni Simeone
78'  Mario Rui
87'  Khvicha Kvaratskhelia (Tanguy Ndombele)
87'  Piotr Zielinski (Eljif Elmas)
87'  Alessio Zerbin
90'  Mario Rui (Mathias Olivera)

Milan – Napoli 1:2 

23.45, «San-Siro»

Gol: Jiru (Teo Ernandes) 69' – Politano penalti 55', Simeone (Mariu Ruy) 78'

Milan – Menyan, Kalabriya (Dest, 46), Ker (Kalulu, 46), Tomori, Ernandes, Krunich (Dias, 66), Bennaser, Salemakers (Mesias, 66), Tonali, de Ketelare (Adli, 82), Jiru.

Napoli – Meret, Di Lorenco, Rraxmani, Kim Min CHje, Mariu Ruy (Oliveyra, 90+1), Lobotka, Zelinski, Zambo-Angissa, Politano (Zerbin, 66), Kvaracxeliya, Raspadori (Simeone, 66).

Ogohlantirishlar: Ker (18), Kalabriya (45), Kruniich (53), Rraxmani (63), Simeone (71), Zerbin (88).

YANGILASH


Bahs yakunlandi! Unda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. 

90+1. "Napoli"da o'zgarish: Mariu Ruy o'rniga Oliveyra maydonga tushdi.

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Zerbin Teoga nisbatan qo'pollik ishlatgani bois ogohlantirildi.

87. "Napoli"da 2 ta almashtirish: Zelinski o'rniga Elmas, Kvaracxeliya o'rniga Ndombele o'yinga qo'shildi.

86. Dahshaaaat! Per Kalulu yaqin masofadan darvoza to'sinini nishonga oldi.

82. "Milan"da o'zgarish: de Ketelare o'rniga Adli maydonga tushirildi.

80. Zarba! Alessio Zerbinning darvozaning o'ng tomoniga yo'naltirilgan zarbasi Menyan tomonidan qaytarildi. 

78. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Mariu Ruyning uzatmasidan keyin Jovanni Simeone bosh bilan to'p kiritib,"Napoli"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

77. Olive Jiruga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

75. Zarbaaa! Jiruning jarima maydoni ichidan bergan zarbasi sal noaniq chiqdi.

74. Tomori Zambo-Angissaga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi.

73. Burchak zarbalar bo'yicha statistika: 6:3

71. Jovanni Simeone etiroz uchun sariq kartochka oldi.

69. GOOOOOOOOOOOOOOL! Teo Ernandesning pasidan so'ng "qotil" hujumchi Olive Jiru muvozanatni tikladi – 1:1!  

68. Uuuux! Junior Messiasning 16 metrdan yo'llagan zarbasidan keyin Meret sergak turganini ko'rsatdi.

66. "Napoli"da 2 ta o'zgarish: Raspadori o'rniga Simeone, Politano o'rniga Zerbin bahsni davom ettiradi.

66. "Milan"da 2 ta almashtirish: Krunich o'rniga Dias, Salemakers  o'rniga Mesias o'yinga qo'shildi.

65. Zarbaaa! Zelinskining olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

63. Rraxmani hakam tomonidan ogohlantirildi. 

60. Tonalining uzatmasi himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi. SHundan so'ng to'pga Salemakers ega chiqdi va o'ta noaniq zarba muallifiga aylandi.  

59. Kim Min CHje o'ng qanotda Jiruga nisbatan qoidani buzdi. Milanliklarda yana bir standart. 

57. Teo Ernandesning bosh bilan yo'llagan zarbasi yo'liga himoyachi Di Lorenco to'g'anoq bo'ldi. 

55. GOOOOOOOOOOOOOOL! Politano penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, hisobni ochdi – 0:1! 

53. Krunich hakam bilan bahslashgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

53. Vaziyat VARda tekshirildi va "Milan" darvozasi tomon penalti belgiladi. 

51. Dest Kvaracxeliya bilan kurashda unga maksimal xalaqit qilishga harakat qildi va to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. SHundan so'ng janjal ham yuzaga keldi.

48. Burchak zarbasi. Zelinskining uzatmasidan keyin darvozabon juda yaxshi o'ynadi. 

46. "Milan"da 2 ta o'zgarish: Kalabriya o'rniga Dest, Ker o'rniga Kalulu maydonga tushdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym yakunladi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45. Kalabriya Kvaracxeliyaga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi.

42. Xvicha Kvaracxeliya jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va noaniq zarbaga mualliflik qildi. 

40. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 52% – 48%

36. Matteo Politano bosh bilan zarba berish uchun hammadan baland sakradi, biroq Menyan undan ham olg'ir chiqdi. 

34. Milanliklar umumiy zarbalar soni bo'yicha yaqqol etakchi – 9:1.

31. Zarba! Tonali Krunichni qulay poziciyaga chiqarishga harakat qildi, Rade ham o'z o'rnida yotib qolgan bo'lsada zarba yo'lladi. Himoyachilar zarba yo'liga to'sqinlik qilishdi.

28. Qanday seyv!  Krunichning yaqin masofadan bosh bilan bergan zarbasini Meret qaytarishga erishdi. Ofarin! 

27. Tonali jarima zarbasi orqali xavfli to'p uzatmasini amalga oshirdi, ammo Rraxmani to'pni maydon tashqarisiga yo'naltirdi. 

24. Zelinskining burchak zarbasi orqali havolatib amalga oshirgan pasidan so'ng Tomori to'pni uzoqlashtirdi. 

21. Teoning uzatmasidan keyin Jiru havodagi kurashda Kim Min CHjedan ustun keldi va zarba yo'lladi, noaniq.

19. Zarbaaa! Zelinskining zarbasi to'g'ri borib de Ketelarega tegib qoldi.

18. Simon Ker Kvaracxeliyaga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.

17. "Napoli" paslashish orqali o'yin tempini tushirishga urinmoqda. 

13. Vauuuu!  Krunichning qoyilmaqom pasidan keyin Olive Jiru kuchli zarba yo'lladi, ammo uni darvozabon qaytara oldi, to'p darvoza to'siniga tegishga ham ulgurdi.

11. Matteo Politano yaxshi qarorga kelgandi, ammo uning havolatib amalga oshirgan uzatmasi kutilganidek chiqmadi. 

9. Uuuux! Teo Ernandesning qaltis uzatmasiga Jiru va sheriklari ulgurishmadi.

7. Zarba!  Teo Ernandes himoyachilar tomonidan qaytarilgan to'pga egalik qilib, zarba yo'lladi. To'p yo'l-yo'lakay Jiruga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

4. Bennaser to'pni burchak zarbasidan ichkariga oshirib berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf qilishdi. Yakunda to'p Menyanga qadar etib bordi.

1. Bahs boshlandi! 

- O'yin 23:45 da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика