So’nggi yangiliklar

10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  2 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  7 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  3 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  1 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  2 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  5 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  1 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3

A Seriya. "Roma" Bolonyada mag'lubiyatga uchradi, SHomurodov 38 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

A Seriya. "Roma" Bolonyada mag'lubiyatga uchradi, SHomurodov 38 daqiqa o'ynadi

Italiya chempionati 15-turidan o'rin olgan uchrashuv tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Bolonya – Roma 1:0 

«Renato Dall'Ara»

Gol: Svanberg 35'

Bolonya – Skorupski, Medel, Sumaoro, Teate, Xiki, Soriano, Svanberg, Dominges, Olsen, Arnautovich (Sansone, 17), Barrou.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini (Vinya, 73), Rojer, Veretu, Diavara (Karles Peres, 46), Mxitaryan, Zanolo, Abraxam, El-SHaaravi (SHomurodov, 52).

Ogohlantirishlar: Soriano (39), Abraxam (45+1), Karles Peres (59), Zanolo (72), Sansone (90+2), Karsdorp (90+2).

Bahs yakunlandi. "Roma" A Seriya joriy mavsumidagi oltinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+3. Vinyaning pasidan keyin Skorupski to'pni egallashga erishdi.

90+2. Nikola Sansone va Rik Karsdorp sport principlariga zid harakatlari uchun ogohlantirildi.

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. "Bolonya"da 2 ta almashtirish: Barrou o'rniga Orsolini, Dominges o'rniga Vinyato tushdi. 

89. Genrix Mxitaryan jarima zarbasi orqali pas uzatdi, biroq darvozabon to'pga ega chiqdi.

88. Lukash Skorupski vaqtni cho'zgani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

86. Temmi Abraxam pas qabul qilib olib, darhol zarba yo'lladi. To'p chap ustun tomon bordi, Lukash Skorupski yana bir bor o'z mahoratini namoyish qildi.

84. Genrix Mxitaryan hujumga berilib ketib o'yindan tashqari holatda qoldi.

82. Musa Barrouning uzatmasidan so'ng Brayan Kristante to'pni uzoqlashtirdi.

80. "Bolonya"da o'zgarish: Andres Skov Olsen o'rniga Lorenco de Silvestri maydonga tushdi.

75. Zarbaaa! Temmi Abraxamning jarimadan bergan zarbasi chap ustun yonginasidan o'tib ketdi.

74. Nikolas Dominges Zanologa nisbatan qoidani buzdi. Rimliklar qulay nuqtadan jarima zarbasini ijro qilishadi.

73. "Roma"da almashtirish: Manchini o'rniga Vinya tushirildi.

72. Nikolo Zanolo simulyaciya uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

71. "Roma" qarshi hujumga o'tib ketdi. Abraxamning pasidan keyin Mxitaryan darvozani nishonga oldi, biroq Lukash Skorupski noqulay poziciyada turganiga qaramasdan, yaxshi seyv namoyish qildi.

68. Zarbaaa!  Mxitaryanning darvoza tomon yo'llagan fantastik zarbasini Lukash Skorupski qaytara oldi. Qoyilmaqom seyv! 

66. Temmi Abraxam Nikolo Zanoloni to'p bilan taminladi, ammo himoyachilar vaziyatga aralashib, to'p yo'liga g'ov bo'lishdi.

64. "Roma"da o'zgarish: Jordan Veretu o'rniga Brayan Kristante o'yinga qo'shildi.

62. Zarba!  Nikola Sansonening zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.

59. Karles Peres taktik folga qo'l urgani bois ogohlantirildi.

57. Rojer Ibanes ichkariga pas uzatdi. Uzatma yaxshi chiqdi, ammo himoyachilar sergak turishgani tufayli to'pni uzoqlashtirishga erishishdi.

54. Jordan Veretuning pasiga raqib himoyachilari birinchi bo'lib etib borishdi.

53. Eldor SHomurodovning ichkariga oshirgan uzatmasidan so'ng Lukash Skorupski to'pni egallab oldi.

52. "Roma"da o'zgarish: jarohatlangan El-SHaaravi o'rniga Eldor SHomurodov o'yinni davom ettiradi.

50. Andreas Skov Olsen burchak zarbasini amalga oshirdi, ammo  sheriklaridan hech kimni topolmadi. 

48. Nikolo Zanolo yaxshi pasna qabul qilib, zarba yo'lladi, biroq himoyachi uning yo'liga peshvoz chiqdi.

46. "Roma"da almashtirish: Diavara o'rniga Karles Peres maydonga tushdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45+1. Temmi Abraxam Svanbergga nisbatan juda qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi.

45+1. Musa Barrou (Bolonya) podaet uglovoy, kotoryy otbivaetsya oboronoy.

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi.

43. Zarba!  Stefan El-SHaaravining zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

41. Mattias Svanberg ichkariga pas uzatdi, biroq himoya chizig'i vakillari ishonchli o'ynab, xavfni bartaraf qilishdi.

39. Roberto Soriano Mxitaryanga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.

37. "Bolonya" qisqa paslar orqali tomoshabop o'yin namoyish etmoqda.

35. GOOOOOOOOOOOOL! Mattias Svanbergning kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'ridan joy oldi – 1:0!  

33. Lukash Skorupskiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

32. Jordan Veretu burchak zarbasidan to'pni ichkariga oshirdi, ammo Lukash Skorupski ishonchli tarzda darvozadan chiqib kelib, to'pni ilib oldi.

30. Stefan El-SHaaravi qulay vaziyatga ega chiqdi. Uning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi.

28. Musa Barrou qulay imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo ofsaydda qoldi.

25. Mattias Svanberg jarima zarbasi orqali juda muvaffaqiyatsiz to'p oshirishni amalga oshirdi. To'p maydonni tark etdi.

23. Jordan Veretu Svanbergga nisbatan juda qo'pol o'ynadi.

21. Andreas Skov Olsen ichkariga pas uzatdi, biroq uzatma to'sib qo'yildi.

19. Zarbaaaa!  Rik Karsdorpning ajoyib uzatmasidan keyin Abraxam bosh bilan zarba berdi, to'p o'ng ustun oldidan o'tib ketdi.

17. "Bolonya"da o'zgarish: jarohatlangan Arnautovich o'rniga Sansone tushirildi.

16. Marko Arnautovich maydonda yotgan holda tibbiy yordamga muhtojligini bildirmoqda.

14. Jordan Veretu jarima zarbasi orqali yaxshi uzatmani hosil qila olmadi. To'p maydonni tark etdi.

12. Ruy Patrisiu o'yinni o'qiy olish qobiliyatini ko'rsatdi va Andreas Skov Olsen to'pni egallay olmadi.

9. Musa Barrou o'rta masofadan zarba yo'lladi. Ru Patrisiu hammasiga tayyor edi va burchak tomon kelgan to'pni qaytardi.

8. Amadu Diavara Roberto Sorianoga nisbatan "podkat" ishlatdi. Hakam futbolchi to'pga o'ynamadi deb topdi.

5. Nikolo Zanolo Temmi Abraxamni to'p bilan taminlashni istadi, ammo hujumchi buning uddasidan chiqmadi.

4. Genrix Mxitaryan sherigi – Rik Karsdorpga pas berdi, ammo uzatma juda omadsiz chiqdi. "Bolonya" to'pni "aut"dan o'yinga kiritadi. 

2. "Roma" to'pni o'zida saqlab turibdi va raqib xatosini kutmoqda.

1. O'yin boshlandi!

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика