93 va 96-daqiqalarda gollar kiritilgan Kavkaz derbisida durang qayd etildi
30 okt 2017 23:46
Yangiliklar
93 va 96-daqiqalarda gollar kiritilgan Kavkaz derbisida durang qayd etildi
Rossiya chempionatining 15-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvi ham o'z yakuniga etdi.
“Axmat” va “Anji” klublari o'rtasidagi Kavkaz derbisida dramatik yakun kuzatildi. O'yindagi har ikki gol hakam tomonidan asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda, aniqrog'i 93 va 96-daqiqalarda darvoza to'ridan joy oldi.
Avvaliga mezbonlar 93-daqiqada Anxelning bosh bilan
bergan zarbasi evaziga hisobni ochishdi. Oradan 3 daqiqa o'tib, endi Danchenkoning standart
vaziyatdan to'p uzatishidan so'ng Yakovlev bosh bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:1.
Bugungi durangdan so'ng “Axmat” klubi 18 ochko bilan
turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi. “Anji” esa 13 ochko bilan 15-pog'onadan
joy olgan.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar