So’nggi yangiliklar

11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  0 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  1 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  2 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  6 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  2 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  3

8+3. To'y kuni, Mirjalol Qosimov va Rivaldo haqida - Kamoliddin Alimov Yangiliklar

8+3. To'y kuni, Mirjalol Qosimov va Rivaldo haqida - Kamoliddin Alimov

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

2022 yildagi ilk mehmonimiz tajribali jurnalist, Olamsport.com sayti muharriri, ustozimiz Kamoliddin Alimov bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.


- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- Rivaldo va Mirjalol Qosimov. Braziliyalik futbol yulduzi 40 yoshgacha yaqinlashib qolganiga qaramay o'zidan yorqin taassurot qoldirgandi. To'purarlik mahoratini namoyish eta olgan edi. Insonni yoshlik shijoati, kuch tark etishi mumkin, lekin tajriba o'zi bilan birga qoladi. Asal aynimas, oltin zanglamas deyishadiku, shunchaki respekt! Mirjalol Qosimov esa shunchaki afsona.    

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Eng yaxshilari hali oldinda bo'lsa kerak. Lekin hozir hayolimga zangori ekranda ko'rganim Marko van Bastenning goli keldi. 

- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim?

- Bizning zamonamizda Messi va Ronaldu. Ha, ularning ham yulduzli onlari yakuni sari yaqinlashyapti. Har bir davrning boshqalardan ajralib turadigan o'z "shaxslari" bo'ladi. Ular haqida hamma gapiradi. O'tgan asrda Pele va Maradona ana shunday maqom va mavqeyda bo'lgandi. Afsuski, o'zbek futbolida bu tipdagi shaxsni shu kunlarda ko'rmayapman. Rahmatli Mirabror Usmonov salobatli, xarakterli inson edilar. 

- O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?

- Terma jamoada ishlaganlar orasida yaqqol ajralib turadigan murabbiy yo'q. Aks holda biz hamon mundial orzusi bilan yashamayotgan bo'lardik. Mirjalol Qosimov bilan jahon chempionatiga yaqin kelgandik. Bitta gol etmay qolgani bizni orzular ro'yobidan mahrum qilgandi. SHu savolga bir murabbiyning ism-sharifini ayting desangiz, bu - Qosimov! Lekin bu terma jamoada ishlagan murabbiylarning salohiyatidan kelib chiqib aytilgan nomzod, bildirilgan fikr emas.    

- O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?

- Qay biridan boshlay? Omadsiz shaxslar ko'p. Futbolga aloqador bo'lmasa-da, lekin shu sohada ishlab yurganlar yo'q emas. O'zi boshqa sohalarda ham ahvol shu. Ayniqsa, rahbarlik tizimida. 

- Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

- Haligacha piramida ko'rinishidagi quyidan yuqoriga harakatlanuvchi milliy rivojlanish tizimimiz yo'q. Bolalar futboliga etibor hali maqtanadigan darajada emas. Korrupciya ildiz otib yotibdi. Maydonlar sifati haqida 25 yil oldin bildirilgan fikrlar hozir ham o'z kuchida. Prezident tomonidan millionlar o'yinini rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan farmon va qarorlar futbolchalik hech bir sohada yo'q. Eng ko'pi futbolda, ammo natija...   

- Siz bevosita stadiondan kuzatgan eng oxirgi o'yin?

- To'g'risi, hozir aniq eslay olmadim. 2021 yil Olimpiada yili bo'lgani uchun asosiy etibor sportga qaratildi. Futboldan biroz bo'lsada uzoqlashib qolganimni tan olaman. Lekin stadiondan kuzatgan o'yinlarim bo'ldi. Boshqa tomondan avvalgi dahshatli derbilarni hozir ko'rmayapmiz.  

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

- Haligacha quvonib eslaydiganimiz 12-Osiyo o'yinlaridagi tarixiy g'alabaga hissa qo'shgan futbolchilar:

Yuriy SHeykin - Andrey Fyodorov, Fevzi Davletov, Farhod Magometov, Ulug'bek Ro'zimov - Ilhom SHaripov, Sergey Lebedov, Aleksandr Tixonov, Mirjalol Qosimov - Azamat Abduraimov, Igor SHkvirin.

- Hayotdagi kumiringiz kim?

- Ota-onam!

- O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

- Eng katta kamchiligim - belgilangan uchrashuvga kech qolishim. To'g'ri, uxlab qolganim uchun kechikmayman. Lekin bu o'zimni oqlash uchun bahona bo'la olmaydi. 2022 yilda shu kamchilikni bartaraf etishga harakat qilaman. Keyin ko'nglim bo'shligi ko'pincha pand bergan.  

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- Bunday nuqtalar ko'p bo'lgan. Keling, uylanish, yani to'yim bo'lgan kun deylik. CHunki, o'sha ondan boshlab hayotga qarashim o'zgargan. Ko'p narsalarni o'ylay boshlaganman. Masuliyat oshgan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика