So’nggi yangiliklar

10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  1 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  0 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   1 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   7 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  13 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  34 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0

"8+3". "Ravshan Haydarov - eng kuchli murabbiy" (9-son) Yangiliklar

"8+3". "Ravshan Haydarov - eng kuchli murabbiy" (9-son)

Teglar :  Norbek Niyozov"8+3"
"8+3" rukni davom etadi.

Bu gal taniqli jurnalist, radio boshlovchi Norbek Niyozov bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8ta, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita stadiondan kuzatgan eng kuchli futbolchi kim? 

- Mirjalol Qosimov.

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol?

- Mirjalol Qosimovning burchakdan kiritgan gollari.

- Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

- Tanqidga loyiqmas jihatlarini o'ylab ko'rish kerak.

- Ayollar va futbol. Bunga qanday qaraysiz?

- Yaxshi o'ynasa qarayman. Ayollarning futbol maydonidagi baqir-chaqirlari qiziq.

- O'zbekistondagi eng kuchli murabbiy kim?

- Ayni kunda Ro'ziqul Berdiev, umuman bo'lsa Ravshan Haydarov.

- Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?

- 1994-2000 yillar oralig'idagi terma jamoamiz juda kuchli bo'lgan.

- Superligadagi eng kuchli futbolchi?

- Serbiyalik Dragan CHeran.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

Darvozabon – Pavel Bugalo.

Himoyachilar – Baxtiyor Ashurmatov, Ilhom SHaripov, Andrey Fyodorov, Nikolay SHirshov,

Yarim himoyachilar – Timur Kapadze, Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov,

Hujumchilar:  Igor SHkvirin, Maksim SHackix, Jafar Irismetov

Murabbiy: Bob Xougton (Buyuk Britaniya)

- Faoliyatingiz davomidagi eng yorqin xotira.

- Agar futbolga oid bo'lsa MHSK stadionida O'zbekiston terma jamoasining Saudiya Arabistoni terma jamoasini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratgani. Futboldan tashqari bo'lsa, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasiga borganim, 2019 yil Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o'tgan boks bo'yicha jahon chempionatini yoritganim.

- Yodda qolarli maqtov va tanqidni eslay olasizmi?

- O'FF prezizidenti rahmatli Mirabror Usmonov mening muallifligimdagi "Arena" eshittirishini ijroqo'm yig'ilishida maqtagandi. Tanqidlar ko'p bo'lgan, hammasini yozishga vaqtim etmaydi.

- Hayotdagi eng katta yutug'ingiz qaysi?

- Hali oldinda, deb o'ylayman.

"8+3". Kapadze, To'raev va SHaker Zuagi — Jaloliddinov eng yaxshilarni aytdi (8-son)

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика