So’nggi yangiliklar

01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  1 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  2 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  20 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  9 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  2

"8+3". Abramovga nima pand berdi? Yangiliklar

"8+3". Abramovga nima pand berdi?

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal O'FA hakamlar departamenti boshlig'i Erkin Baxtiyorov bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- O'zimizdan - Mirjalol Qosimov. CHet eldan - Ronaldu va Messi. "Barselona"ga muxlislik qilganim uchun Messi, lekin bu Ronalduning kuchli ekanligini inkor qilolmaydi.

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Ronaldinoning Braziliya terma jamoasi libosida Angliyaga jarima zarbasidan urgan goli (2002 yilgi mundial).


- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim?

- Andres Inesta

- O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?

- SHu paytgacha bo'lmagan. Katanecni endi ko'ramiz. Unga ozgina vaqt kerak. O'rtoqlik uchrashuvlaridan xulosa chiqarish noto'g'ri deb o'ylayman.

- O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?

- Aynan bitta shaxsga to'xtalmayman. Har gal Jahon  chempionatiga chiqishiga ozgina qolayotgan Milliy terma jamoamizni omadsiz deya olaman. 2014 va 2018 yillarda mundialga chiqishi uchun 1 qadam etmagan murabbiylar.

- Abramovchi?

- Abramov? Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda tanlangan tarkibni ko'rdik. Menimcha, bu kishiga omadsizlik emas, bilimsizlik pand berdi.

- Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

- Asosan, kadrlar etishmovchiligini o'zbek futbolining kamchiligi deb o'ylayman. Bunga murabbiylar, hakamlar, klublardagi rahbarlik lavozimlarini ko'rsatish lozim.

- Siz bevosita stadiondan kuzatgan eng oxirgi o'yin?

- O'zbekiston Kubogi-2021 finalida bo'lib o'tgan "Paxtakor" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvini stadiondan kuzatdim.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

- F. Vartez, Kafu, Puyol, Maldini, Jordi Alba - Pirlo, Kante, Zidan - Messi, Krishtianu Ronaldu, Ronaldo.

- Hayotdagi kumiringiz kim?

- Ota-onam. Otamning shijoatlari, onamning sabrlari. 

- O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

- Judayam ko'p ikkilanaman, qaror qabul qilishim qiyin. 

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- Hozirgacha bo'lgan vaqtni aytadigan bo'lsam, burilish nuqtasi sifatida 2020 yil 16 noyabr O'FA hakamlar departamenti boshlig'i lavozimga tayinlangan kunimni eslayman. Lekin hali hammasi oldinda.


"8+3". O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика