5 daqiqaga kechikish 250 evro ... "Real"da futbolchi qilgan qoidabuzarligi uchun qancha to'laydi?
04 okt 2019 23:10
Yangiliklar
5 daqiqaga kechikish 250 evro ... "Real"da futbolchi qilgan qoidabuzarligi uchun qancha to'laydi?
Manbaga ko'ra, «Real» o'yinchilari mashg'ulot bazasiga 45 daqiqa oldin etib kelishi kerak. 5 daqiqaga kechikish 250 evro, 15 daqiqaga – 500 evro, uzoq muddatli kech qolish esa – 1000 evro va undan ko'proq jarima demakdir. Sababsiz mashg'ulotlarni o'tkazib yuborish 3000 evroni tashkil etadi.
Kiyim almashtirish xonasi hamda avtobusda futbolchilarning telefoni ovozsiz rejimda bo'lishi zarur. Ushbu qoidani ilk marta buzgan futbolchi 250 evro, keyingisi 500-1000 evro miqdorida jarima hisoblanadi.
SHuningdek, xujjatlarda klub azolari Madridni tark etadigan bo'lishsa, bu haqda murabbiy hamda rahbariyatni ogohlantirishi kerakligi ko'rsatilgan. Intervyu va tijorat masalalari bo'yicha ham «Real» vakillari bilan kelishib olish zarur bo'ladi. Ushbu qoidalarni buzganlar esa 1000 evro jarimaga tortiladi.
Fikrlar