So’nggi yangiliklar

16:12"Ал Насср" — "Ал Аҳли". Саудия Арабистони Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  1 15:19"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  5 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   0 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  18 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  6 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  3 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   8 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0

43 yoshigacha to'p tepgan, O'zbekistonning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Pavel Bugalo 45 yoshda! Yangiliklar

43 yoshigacha to'p tepgan, O'zbekistonning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Pavel Bugalo 45 yoshda!

Tavallud ayyomini nishonlayotgan futbol ahlini hayotlaridagi unutilmas kun bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun o'zbek futboli tarixida yorqin iz qoldira olgan, bir nechta rekordlar sohibi, 43 yoshigacha to'p tepgan tajribali darvozabon Pavel Bugalo tavallud topgan kun. Pavel Viktorovich bugun 45 yoshga to'ldi. 

Etiborlisi, Bugalo tug'ilgan kuni ham yashil maydonda! Bundan bir necha daqiqa avval "Oq-Tepa" va AGMK jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston kubogining chorak final uchrashuvi yakunlandi. Ettita gol kiritilgan uchrashuvda 4:3 hisobida g'alaba qozongan olmaliqliklar yarim finalga yo'l olishdi va bu bilan KUBOK himoyasini davom ettirishdi. Bu o'yinning Pashaga nima aloqasi bor, dedingiz-a? Bugalo bugungi kunda aynan AGMK jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlayapti. Mirjalol Qosimov bir paytlar bir necha yil terma jamoa tarkibida birga o'ynagan Bugaloga murabbiylar shtabida ishonch bildirdi. AGMKning "Oq-Tepa" ustidan qozongan g'alabasi ham shubhasiz, bugungi kun qahramoniga bag'ishlandi. 

Mirjalol Qosimov, AGMK bosh murabbiyi

"Pasha bilan ko'p yil birga o'ynadik va bugungi kunda ham bir jamoadamiz. U haqda ko'p gapirish mumkin. Futbolga mehri sabab 43 yoshigacha maydonda to'p tepdi. Hayotda ham ajoyib inson. Tabiatan ancha bosiq, kamtar va kamgap. Ishonchim komil, undan yaxshi murabbiy etishib chiqadi. O'zi singari mashhur, sovrindor darvozabonlarni terma jamoalarimizga tayyorlab beradi. Fursatdan foydalanib, Pavel Bugaloni bugungi tug'ilgan kuni bilan jamoamiz nomidan tabriklayman. Bugungi g'alabamizni unga bag'ishlaymiz".

 

Pavel Bugalo haqida ko'p va xo'p gapirish mumkin. Haqiqatan ham, ism-sharifi katta xarflar bilan yoziladigan darvozabonimiz bir futbolchi erishishi mumkin bo'lgan muvaffaqiyatlar sohibidir. U professional futbolchilik faoliyatini 1991 yili "CHirchiq" jamoasida boshlagan. Keyinchalik "Paxtakor", "Alaniya" (Rossiya), "Jenis", "Jetisu", "Ordabasi" (uchchalasi Qozog'iston), "Bunyodkor", "Andijon", "Lokomotiv" klublari sharafini himoya qildi. Bugalo 1992 yili ilk marotaba o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida ishtirok etib, 2017 yilgacha oliy ligada to'p tepgan yagona futbolchi hisoblanadi. 

U shuningdek, O'zbekistonning ikki karra eng yaxshi futbolchisi (1996, 1997) deb topilgan yagona darvozabon hamdir. Pavel "Paxtakor" (1992, 1998) va "Bunyodkor" (2008) jamoalari tarkibida uch karra O'zbekiston chempioni bo'lgan. 1993 va 1997 yillarda "Paxtakor", 2008 yili esa "Bunyodkor" safida O'zbekiston kubogiga ega chiqqan. 2002 yilda "Jenis" klubi bilan birga Qozog'iston kubogi sohibi ham bo'lgan. 1995-2007 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 

O'ylaymizki, Pavel Bugaloning murabbiylikdagi faoliyati ham yorqin davom etadi. Bundan keyin ham yangidan-yangi darvozabonlarni etishib chiqishida uning boy tajribasi asqotishiga shubha yo'q. Bugun 45 yoshni qarshi olgan Pavel Bugaloni AGMK rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari, barcha xodimlari, saytimiz ijodkorlari va muxlislar nomidan qizg'in muborakbod etamiz. Unga oilaviy tinchlik, sog'liq, baxt-saodat tilaymiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика