So’nggi yangiliklar

14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  0 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1

4-tur. Bugungi to'rtta o'yinida imkoniyatlar qanday? Yangiliklar

4-tur. Bugungi to'rtta o'yinida imkoniyatlar qanday?

Bugun oliy liganing 4-turidan o'rin olgan dastlabki to'rtta bahs bo'lib o'tadi.
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Andijon (Andijon)
11 aprel 2015. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 16:00
Hakamlar
: H.Ro'ziev, O.Abduvosilov, A.Kalinin, A.Rubakov.
Nazoratchi: A.Abdullaev.
Imkoniyatlar: 55-45%



Va nihoyat qo'qonliklar orziqib kutgan kun ham keldi. Yillar ketdi bu kunning kelishi uchun. Mana, oliy liganing 4-turiga kelib "Qo'qon-1912" o'z maydonida, oliy ligada, bo'lib ham vodiy derbisida muxlislar oldida saf tortadi.

Mavsumni ko'taringki kayfiyatda boshlagan Rustam Abdullaev jamoasi bu o'yinga ancha jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. G'alaba qozonish imkoniyati ham chakki emas, boisi raqib bugungi kungacha bironta ochko ishlamagan. Uchrashuvda Quvondiq Ro'ziev ishtirok eta olmaydi. "Qo'qon-1912"ning zaxira o'rindig'idan kelib chiqsa, bu jiddiy yo'qotish bo'lishi mumkin.

"Andijon" avvalgi 3ta o'yinda o'z darvozasidan 8ta gol o'tkazib yuborgan. Lekin o'yin vodiy derbisi maqomini olishini inobatga olsak, Gess uchun ham bu o'yin o'ta muhim.


SHo'rtan (G'uzor) – Dinamo (Samarqand)  
11 aprel 2015. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 16:30
Hakamlar:
SH.Qosimov, R.Fozilov, M.Majidov, SH.Qayumov
Nazoratchi: I.Nexochin
Imkoniyatlar: 55-45%



"Dinamo" yaxshi maydonda yaxshi o'ynaydigan jamoalar sirasiga kiradi. Bunday maydon G'uzorda mavjud. Aynan shu omil ikki jamoa o'rtasida teng kurashga boy bo'ladigan o'yin bo'lishiga asos bo'la oladi. "SHo'rtan" 3-tur o'yinini o'tkazib yubordi, "Dinamo" esa alamli tarzda ochkolarni boy berdi. Ruhiy tomondan Qurbonovning jamoasida ustunlik bor. Tarkib borasida tenglik. "Dinamo"ning himoyasi chakki harakat qilmayapti.


Navbahor (Namangan) – So'g'diyona (Jizzax)
11 aprel 2015. Namangan. "Markaziy" stadioni. 17:00
Hakamlar:
B.Namozov, T.Galeev, A.Po'latov, A.Rahimov
Nazoratchi: R.Aytekov.
Imkoniyatlar: 60-40%



Agar "Navbahor" shu o'yinda ham g'alaba qozona olmasa, ikkinchi davrada "So'g'diyona" va "Andijon" homiylar tomonidan pul bilan taminlansa namanganliklarning turnir jadvalidagi ahvoli ancha og'irlashib qolishi mumkin. Tarkib chetdan qaraganda yomon emas, ammo g'alaba yo'q. To'rtinchi turga kelib jamoa o'z maydonidagi uchinchi o'yinini o'tkazadi. Uydagi ochkolar oltinga teng.


Metallurg (Bekobod) – Neftchi (Farg'ona)
11 aprel 2015. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 16:00
Hakamlar:
V.Ceytlin, T.Gaynulin, N.Ro'zimov, R.Lutfulin
Nazoratchi: D.Roman.
Imkoniyatlar: 50-50%



Bu o'yinda imkoniyatlar teppa-teng. Turnir jadvalidagi qo'shnilar. Ikkisi ham "Lokomotiv"dan bir ochko oldi, ikkisida ham 2tadan durang va bittadan g'alaba bor. To'plar nisbati ham bir xilda - 3:2. O'yinning Bekobodda bo'lishi biroz "Metallurg"ga ustunlik beradi, ammo raqib safidagi futbolchilarning mahorati imkoniyatlarni tenglashtiradi. Mag'lub bo'lmagan jamoalardan biri yutqazadimi yoki yana durang, buni Bekobodda bo'lib o'tadigan o'yindan keyin bilib olamiz.

"So'g'diyona"ning ishi esa ancha og'irlashib qolgan. Agar futbolchilar o'z imkoniyatlari darajasidan yuqori o'ynab ochkolarni qo'lga kiritmasalar, Davron Fayziev hech qanday selekciya bozorida ishtirok eta olmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика