So’nggi yangiliklar

23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  1 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  10 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0

30-tur oldidan. Ertaga Toshkentda final oldidan repeticiya bo'ladi Yangiliklar

30-tur oldidan. Ertaga Toshkentda final oldidan repeticiya bo'ladi

Ertaga oliy liganing 30-tur bahslari bo'lib o'tadi va shu bilan navbatdagi chempionatga yakun yasaladi.

Odatga ko'ra, so'nggi turda ham ettita bahs o'tkaziladi. Muxlislar TTZdagi stadionda "Toshkent derbisi" guvohi bo'lishlari mumkin, chunki bunda "Lokomotiv" - "Bunyodkor" qarama-qarshiligi bo'lib o'tadi. Qizig'i shundaki, o'tgan yil ham oxirgi turda aynan shu jamoalar o'zaro bahs olib borishgandi. 

Faqat unda o'yin "Bunyodkor" stadionida o'tkazilgan bo'lib, "Lokomotiv" 1:0 hisobida zafar quchgandi. Bu gal esa "Loko" mezbon sifatida to'p suradi. Bu o'yin O'zbekiston Kubogi finali oldidan o'ziga xos repeticiya vazifasini bajarib berishi kutilmoqda. CHunki 4 dekabr kuni aynan shu jamoalar "Bunyodkor" stadionida "billur sovrin" uchun bahs olib borishadi. 

Hozirda ikkala jamoa uchun ham chempionat tugadi desa bo'ladi. Negaki, "Loko" o'tgan turda chempionlikni rasmiylashtirgan bo'lsa. "Bunyodkor" 4-o'rinni egalladi. SHu bois ertangi bahs ko'p ham shiddatli kechmasa kerak. Bu o'yin murabbiylar uchun ko'proq finaldan oldin raqibni o'rganish uchun qo'l kelsa kerak. 

SHubhasiz, "Bunyodkor" uchun Kubok finali nihoyatda muhim bahs hisoblanadi. Aytish mumkinki, mavsumning eng muhim bahsi. CHunki Kubokdagi g'alabagina jamoa uchun Osiyo chempionlar ligasi eshiklarini ochadi. SHunga qaramay, ertangi bahs ham o'ziga yarasha qiziq kechishini kutib qolamiz. Har holda poytaxt derbisi bo'lganidan keyin muxlislar har ikki jamoadan hujumkor o'yin kutishadi. 

Ikkala jamoa ham ikkinchi davrani ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. "Loko" chempionlik sari dadil qadam tashlagan bo'lsa, "Bunyodkor" Qosimov boshchiligida yana avvalgi mavqeiga qayta boshladi. Bu o'yin "Lokomotiv" uchun o'z maydonidagi oxirgi, shu bilan birga 15-uchrashuv bo'ladi. Bungacha o'tkazilgan 14ta o'yinning 12tasida "Lokomotiv" g'alabaga erishib, bir martadan durang va mag'lubiyat qayd etgan. 

"Bunyodkor"ga kelsak, bu jamoa ikkinchi davrada faqat bir bora mag'lub bo'ldi. Jamoa safarda "Paxtakor" bilan kechgan bahsda yutqazib qo'ydi. Yil boshidan beri esa "Bunyodkor" safar bellashuvlarida to'rtta o'yinda mag'lub bo'lgan. Bu uchrashuvlar "SHo'rtan", "Buxoro", "Mashal" va "Paxtakor" klublariga qarshi kechgan. 

X.Xoliqov.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика