So’nggi yangiliklar

16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  2 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  3 15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  1 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  5 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  2 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  1 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  7 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  7 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  12 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  3 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1 12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  2 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  5

3:0 hisobida zafar quchgan "Granada" Ispaniya Kubogidan chiqarib yuborildi. SHunaqasi ham bo'ladimi? Yangiliklar

3:0 hisobida zafar quchgan "Granada" Ispaniya Kubogidan chiqarib yuborildi. SHunaqasi ham bo'ladimi?

Barchasiga esa ikkinchi jamoadan chaqirilgan darvozabon Adrian Lopes aybdor – ammo vaziyat juda g'alati.

Bundan o'n kun avval jamoa safarda beshinchi divizion vakili "Arosa"ni yirik hisobda taslim etgandi. 

O'yin o'tib, mag'lubiyatga uchragach, mezbonlar "Granada"ni diskvalifikaciya etishni talab qilishdi. Xo'sh, bunga sabab nima? "Arosa" klubi vakillarining fikriga ko'ra, 24 yoshli darvozabon bu bahsda o'ynashi mumkin emasdi. CHunki Ispaniya Kubogi – professional musobaqa emas (shunaqasi ham bo'larkanmi?), shu sabab klublar yoshlar tarkibidan xuddi Lopes singari asosiy jamoaga futbolchi jalb etmoqchi bo'lishsa, ular reglamentga ko'ra 23 yoshdan katta bo'lmasligi zarur.

Yana bir muhim tomoni, o'yindan bir necha soat avval "Granada"ni Adrian maydonga tushishi mumkin emasligi haqida ogohlantirishgan – ammo klub bu faktni shunchaki etiborsiz qoldirgan. Endi esa o'sha etiborning hammasini Primeraga qaratadi.

"Arosa" rasmiy bayonotida shunday deyiladi: "Bu yilning 1 yanvar kuni 23 yoshda bo'lgan va ikkinchi jamoada ro'yxatdan o'tkazilgan futbolchi birinchi jamoa uchun maydonga tushishi reglamentning yaqqol buzilishi hisoblanadi. Bu variant faqatgina darvozabonlar uchun va professional musobaqalarda istisno qilinishi mumkin. Mazkur vaziyatda esa Ispaniya Kubogi – noprofessional xarakterdagi davlat darajasidagi rasmiy musobaqa sanaladi".

Sport sudi "Arosa" tomonda bo'ldi: "Granada" Ispaniya Kubogi eng professional musobaqalardan biri ekanligini isbotlashga urindi, biroq masul tashkilot Kubok va hattoki Ispaniya Superkubogini – noprofessional musobaqa deb topdi. Yana bir qiziq tomoni, misol uchun mamlakatning birinchi ikki divizioni professional turnir sanaladi.

Ko'p ehtimol bahsli vaziyat yuzaga kelishida 2022 yil Ispaniyada sportga oid qabul qilingan yangi qaror sabab bo'lgan – avval faqatgina Primera, Segunda va Ispaniya ayollar chempionati klublari vakillari azosi hamda ACB liga basketbolchilari professional hisoblanardi. SHu yilning 1 yanvaridan esa ijtimoiy muhimligi, moliyaviy tomoni va boshqa qator kriteriyalarga javob beradigan har bir musobaqa professional sanaladi. "Granada" futbol klubi diskvalifikaciyadan qutulib qolish uchun aynan o'sha qonunni asos qilib olgandi.

Yakunda esa klub yana 6001 evro jarimaga ham tortildi – andalusiyaliklar sud qarori bo'yicha apellyaciya berishmoqchi, lekin natija ijobiy bo'lishiga ishonishmayapti. "Arosa" Kubokning keyingi bosqich qurasi 15 noyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan va unda "Arosa" ishtirok etishi aniq.

Ispan futboli bilan hech qachon zerikib qolmaysiz – "Granada" mashmashasi bunga yana bir isbot.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика