23 ta qizil kartochka va ommaviy mushtlashuv: Xalk finaldagi dahshatli holatda hakamni aybladi
10 mar 00:05
Yangiliklar
23 ta qizil kartochka va ommaviy mushtlashuv: Xalk finaldagi dahshatli holatda hakamni aybladi
Finaldagi antirekord va mushtlashuv:
Uchrashuv bosh hakami Mateus Kandansan o'yin yakunida yuzaga kelgan tartibsizliklar sababli jami 23 ta qizil kartochka ko'rsatdi. Maydondan chetlatilganlar orasida Rossiyaning "Zenit" klubi sobiq futbolchilari Jerson Santos, Mateo Kasserra va Xalkning o'zi ham bor edi.
Xalkning etirozi:
Braziliyalik tajribali hujumchining takidlashicha, vaziyat nazoratdan chiqib ketishiga aynan hakamning qatiyatsizligi sabab bo'lgan:
"Men o'yin boshidayoq hakamga buning oxiri yomonlik bilan tugashini aytgan edim. U zarracha ham xarakter ko'rsata olmadi. Agar bir, ikki yoki uch kishini maydondan chetlatish kerak bo'lsa — chetlat! Ammo u finalda ishlash uchun judayam qo'rqib ketgandi", — dedi Xalk.
Shu tariqa, Mineyro Ligasi finali futboldan ko'ra ko'proq jang maydonini eslatib yubordi va tarixga eng qo'pol o'yinlardan biri sifatida kirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar