So’nggi yangiliklar

18:32Суарес дисквалификация қилинди  0 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  2 17:35Исмоил Акинаде: "Бутун эътибортимизни кейинги икки ўйинга қаратамиз ва плей-оффга чиқишга ҳаракат қиламиз"  2 17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликда якунлаймиз"  5 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0 15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  4 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   20 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0 14:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон (Opta)  2 13:33ПСЖ Мендеш, Дуэ ва Дембеленинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 13:04"Коринтианс" Депайдан арзонроқ уйга кўчиб ўтишни сўради  2 12:36Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди  0 12:09Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди  3

⚡️ 2022 yil yuqori milliy chempionatlarda eng ko'p gol urgan futbolchi kim bo'ldi? Abdixoliqov Keyn bilan, CHeran esa Immobile bilan bir qatorda Yangiliklar

⚡️ 2022 yil yuqori milliy chempionatlarda eng ko'p gol urgan futbolchi kim bo'ldi? Abdixoliqov Keyn bilan, CHeran esa Immobile bilan bir qatorda

Malumot “Transfermarkt” portali hisob-kitobiga ko'ra tuzildi.

Unga ko'ra, o'tgan yil yuqori milliy chempionatlarda eng ko'p to'p kiritgan o'yinchi Singapurning “Tampins Rovers” jamoasidagi chernogoriyalik legioner Boris Kopitovich bo'ldi. U 2022 yil S-Ligada umumiy 28 bahsda qatnashib, 35 ta gol urgan.

Kopitovichdan keyingi o'rinda “Kashemir Texnikal” (Yangi Zelandiya)ning irlandiyalik o'yinchisi Garban Koxlan joy oldi – 22 bahsda 33 gol. Kuchli uchlikka Singapur birinchiligida to'p tepuvchi boshqa bir futbolchi yaponiyalik Kodai Tanaka (“Albireks Niigata”, 28 uchrashuv, 33 gol) yakun yasadi.

Belarusni yondirgan O'zbekiston MTJ azosi Bobir Abdixoliqov 2022 yil davomida “Energetik-BGU” bilan chempionatda 30 uchrashuvda 26 ta gol urdi. U Reytingda kuchli o'nlikda turibdi.

Bundan tashqari, O'zbekiston Superligasida raqib darvozabonlari “kushanda”siga aylangan “Paxtakor” hujumchisi Dragan CHeran top-50 ro'yxatda bor.

2022 yil yuqori divizionlarda eng ko'p gol urgan futbolchilar o'nligi:

1. Boris Kopitovich (“Tampins Rovers” jamoasi, Singapur chempionati) - 28 o'yin, 35 gol;

2-3. Garban Koxlan (“Kashemir Texnikal”, Yangi Zelandiya) – 22 o'yin, 33 gol;

2-3. Kodai Tanaka (“Albireks Niigata”, Singapur) – 28 o'yin, 33 gol;

4. Kilian Mbappe (PSJ, Franciya) – 33 o'yin, 32 gol;

5. Erling Xoland (“Man Siti”, Angliya/”Borussiya D”, Germaniya) – 28 o'yin, 30 gol;

6-7. Bergson (“Johor Darul Tazim”, Singapur) – 19 o'yin, 29 gol;

6-7. Robert Levandovski (“Barselona”, Ispaniya/”Bavariya”, Germaniya) – 32 o'yin, 29 gol;

8. Krizan (“SHandun Tayshan”, Xitoy/”Santa Klara”, Portugaliya) – 41 o'yin, 28 gol;

9. Markus Vinisius (“Uxan”, Xitoy) – 26 o'yin, 27 gol;

10... Bobir Abdixoliqov (“Energetik-BGU”, Belarus) – 30 o'yin, 26 gol.

*shuningdek, Xarri Keyn va yana 5 futbolchida 26 tadan gol bor.

..........................

20. Kristofer Nkunku (“RB Leypcig”, Germaniya) – 32 o'yin, 25 gol;

..........................

31. Vissam Ben Yedder (“Monako”, Franciya) – 32 o'yin, 22 gol;

..........................

39. Neymar (PSJ, Franciya) – 27 o'yin, 21 gol;

..........................

44-64-o'rinlar. Dragan CHeran (“Paxtakor”, O'zbekiston) – 23 o'yin, 20 gol;

44-64. CHiro Immobile (“Lacio”, Italiya) – 27 o'yin, 20 gol;

44-64. Odion Igalo (“Al Hilol”, Saudiya Arabistoni) – 27 o'yin, 20 gol.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +5   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика