So’nggi yangiliklar

16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  0 16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  18 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0

2021 yildan ayollar futbolida badal pullari bo'lmaydi Yangiliklar

2021 yildan ayollar futbolida badal pullari bo'lmaydi

Teglar :  Ayollar futboli
Ayollar futbolini rivojlantirish masalasi 2021 yildan etiboran yangi bosqichga kiradi.

OFK ayollar jamoalarida kamida bir, FIFA esa ikki yosh toifasidagi tayyorlov guruhlari bo'lishi kerakligi borasida talab qo'ygan. SHundan kelib chiqib, ayollar futbolida U-16 hamda U-14 yosh toifalarida ham musobaqalar bo'lib o'tadi.

O'FA hamda O'zPFL jamoalarga qulaylik yaratish maqsadida U-14 musobasini hududiy futbol associaciyalari yordamida o'tkazadi. Ayollar jamoalari qoshida esa U-16 jamoalari tashkil etiladi. Bunda:

- mazkur yosh toifasidagi qizlar bilan shartnoma imzolash majburiyati bo'lmaydi, futbolchilar qizlar kelishuv bitimi asosida qabul qilinadi. Demak, klublar oylik-maoshlar uchun ortiqcha chiqim qilmaydi;

- musobaqa markazlashtirilgan formatda o'tkaziladi va katta harajatni talab qilmaydi;

- U-16 yosh toifasida asosan mahalliy qizlar to'p suradi. Bu esa yashash va ovqatlanish uchun katta harajat qilishga olib kelmaydi. Pirovardida hududlarda futbolchi bo'lish istagidagi qizlarning millionlar o'yiniga kirib kelishi uchun sharoit yaratiladi.

O'z navbatida O'zPFL jamoalarga qulaylik yaratish maqsadida ayollar jamoalaridan badal puli olish odatiga chek qo'yadi, ayollar jamoalari badal pullarisiz musobaqalarda ishtirok etadi. Orttirilgan pul U-16 jamoasi harajatlariga sarf etiladi, - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi kanalida. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика