So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  17 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  13 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

2019 yilning eng yaxshi o'yinlari. "Navbahor" - "Bunyodkor" 2:3 Yangiliklar

2019 yilning eng yaxshi o'yinlari. "Navbahor" - "Bunyodkor" 2:3

2019 yilgi Superliga doirasidagi eng qiziqarli o'yinlarda urilgan gollarni taqdim etishda davom etamiz.

Namanganing "Navbahor" klubi o'tgan mavsum Superligada 3-turni o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qildi. Biroq Namangandagi stadion chimi tayyor bo'lmaganligi bois bahs Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tgandi. 

"Bunyodkor" dastlabki ikki uchrashuvda mag'lub bo'lgandi, "Navbahor" esa ikki turda bir ochko qo'lga kiritgandi. O'yinda tezkor gol urildi. 16 yoshli Jasur Jaloliddinov raqib jarima maydoni ichida to'pni darvozaga yo'llaydi va Superligadagi o'zining ilk golini uradi - 0:1. 

Birinchi taym oxirlarida belgilangan penaltini Xurshid G'iyosov aniq amalga oshiradi - 0:2. 

"Lochinlar" bundan tushkunlikka tushib qolishmaydi, 64-daqiqada bosh hakam bu safar mehmonlar darvozasi tomon 11 metrli jarima to'pi belgiladi, Aleksandr Kasyan hisobni qisqartirdi - 1:2. Uchrashuv tugashiga 11 daqiqa qolganida Abbos G'ulomov ajoyib gol urib hisobni tenglashtiradi - 2:2. 

85-daqiqada uchrashuvdagi uchinchi penaltidan G'iyosov yana unumli foydalandi - 2:3. O'yin tugashiga 2 daqiqa qolganida bosh hakam bahsdagi to'rtinchi penaltini "Bunyodkor" darvozasi tomon belgiladi. Biroq bu safar Aleksandr Kasyan gol ura olmadi, Murodjon Zuhurov to'pni qaytardi. 

"Qaldirg'ochlar" mavsumdagi ilk g'alabani vodiyda qo'lga kiritishdi.


"NAVBAHOR" - "BUNYODKOR" - 2:3 (0:2)
06.04.2019. 3-tur. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 7242 tomoshabin.
Hakamlar:
I.Tantashev, H.SHodmonov, A.Burov, R.Lutfullin.
Nazoratchi: M.Ismoilov.
Gollar:
0:1 - Jaloliddinov Jasur, 5
0:2 - G'iyosov Xurshid - penaltidan, 37
1:2 - Kasyan Aleksandr - penaltidan, 64
2:2 - G'ulomov Abbos, 79
2:3 - G'iyosov Xurshid - penaltidan, 85
Amalga oshirilmagan penalti: Kasyan Aleksandr (NAVBAHOR), 88 (darvozabon)
"NAVBAHOR": Hamroev Dilshod; Lukich Slavko; O'runov Oston; Ahmedov Azimjon; Solovyov Ivan (Isroilov Abdujamol, 46); G'ofurov Mirzohid; Mehmonov Jahongir; Kasyan Aleksandr; SHaymanov SHahzod (Nasimov Bahodir, 55); Komilov G'iyosjon; To'raev Zafar (G'ulomov Abbos, 37).
"BUNYODKOR": Zuhurov Murodjon; Qobilov Islomjon; Proxorov Sergey; Ahmadaliev Dilshod; Jaloliddinov Jasur (Izzatov Suhrob, 56); G'iyosov Xurshid; Qahramonov Javohir (Mo'ydinov Abubakr, 75); Qodirqulov Sanjar; Mirahmadov Mirjahon; To'xtasinov Nurillo; Abdullaev Abdulla (Farhodov Boburbek, 90).
Ogohlantirishlar: Proxorov Sergey, 9; To'raev Zafar, 12; Ahmedov Azimjon, 19; Lukich Slavko, 32; O'runov Oston, 50; Isroilov Abdujamol, 61; Mehmonov Jahongir, 81; G'iyosov Xurshid, 87.



Texnik sabablarga ko'ra video ovozsiz. 




Video sportstat.uz saytidan olindi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика