So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  20 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  89 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

2019 yilning eng yaxshi o'yinlari. "Dinamo" - "Navbahor" 2:2 Yangiliklar

2019 yilning eng yaxshi o'yinlari. "Dinamo" - "Navbahor" 2:2

2019 yilgi Superliga doirasidagi eng qiziqarli o'yinlarda urilgan gollarni taqdim etishda davom etamiz.

Bir yil oldingi Superliganing 6-turida Samarqandning "Dinamo" klubi o'z maydonida Namanganning "Navbahor" klubini qabul qilgandi. O'sha paytga qadar ikkala klub ham 7tadan ochko to'plashgandi. 

Uchrashuvdagi hisob 25-daqiqada Slavko Lukich tomonidan ochiladi. Uning ajoyib zarbasi hech kimga tegmay darvozaga kirib ketgandi - 0:1. 

Oradan 11 daqiqa o'tgach Sardor Eminovning havodan jarima maydoniga uzatgan to'pini Qadamboy Nurmetov boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni tenglashtiradi - 1:1. 

Birinchi taym so'nggida qarshi hujumda Sardor Eminov jarima maydoniga yaqinlashib, chap oyoqda ajoyib zarba beradi va "Dinamo" oldinga chiqib oladi - 2:1. 

Ikkinchi taym boshida Ivan Solovyovning burchakdan oshirgan to'pini Aleksandr Kasyan boshi bilan darvozaga yo'laydi - 2:2. 

SHiddatli o'tgan bahsda ikkala jamoa ham yana gol urishi mumkin edi, biroq qolgan vaqtda katta sahnaga darvozabonlar va darvoza to'sinlari chiqishdi.


"DINAMO" - "NAVBAHOR" - 2:2 (2:1)

26.04.2019. 6-tur. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 8147 tomoshabin.
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, K.Rasulov.
Nazoratchi: M.Ismoilov

Gollar:
0:1 - Lukich Slavko (Ahmedov Azimjon), 25
1:1 - Nurmetov Qadamboy (Eminov Sardor), 36
2:1 - Eminov Sardor (Nurmetov Qadamboy), 45
2:2 - Kasyan Aleksandr (Solovyov Ivan), 47

"DINAMO": Ergashev Botirali; Loqaev Mirkomil; Alamxonov Hakimxon; Xolmurodov Akmal; Azimov Jasur (Baratov Sanjar, 71); Nurmetov Qadamboy (SHodiev Vohid, 67); Qosimov Bobur; Hamroev Siroj; Eminov Sardor (Norov Nizom, 90); Toshpo'latov Ixtier; Abdurahmonov SHoxrux.

"NAVBAHOR": Yusupov O'tkir; Lukich Slavko; O'runov Oston (SHaymanov SHahzod, 39); Ahmedov Azimjon; Solovyov Ivan (Tagaev Elman, 78); Kasyan Aleksandr (Nasimov Bahodir, 67); Jo'rabaev Obid; G'ofurov Mirzohid; Isroilov Abdujamol; Mehmonov Jahongir; G'ulomov Abbos.

Ogohlantirishlar: Eminov Sardor, 37; Solovyov Ivan, 45; Alamxonov Hakimxon, 90.



Video sportstat.uz saytidan olindi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика