So’nggi yangiliklar

11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  0 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  34

Ro'ziqul Berdiev, Hamidjon Aktamov va boshqalar endi Superligada ishlay olmaydimi? Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev, Hamidjon Aktamov va boshqalar endi Superligada ishlay olmaydimi?

Superliga klubini boshqarish uchun endi murabbiylardan “Pro” licenziyasi talab qilinadi.

Professional futbol ligasi ishchi guruhi va yangi tashkil etilgan Klublarni licenziyalash bo'limi 2019 yilgi mavsum rejalarini tuzib chiqishda davom etmoqda. Ayni vaqtda 2019 yilgi mavsum uchun Superliga va Pro-liga klublariga qanday talablar qo'yilishi deyarli aniq bo'lgan. Mazkur masala O'FA Ijroqo'mi tomonidan tasdiqlanganidan so'ng futbol jamoatchiligi uchun elon qilinadi.

Unga qadar esa PFL rasmiy sayti 2019 yil uchun amalda bo'ladigan ayrim bandlarni elon qilib boradi. Ulardan biri kelasi mavsumdan boshlab Superliga klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradigan mutaxassisdan “Pro” licenziyasining talab qilinishidir.

O'FA qoshidagi murabbiylar malakasini oshirish vazifasi bilan shug'ullanuvchi bo'lim “Pro” licenziyasi uchun navbatdagi kursni shu yilning noyabr oyida boshlashni rejalashtirgan. Ayni vaqtda mazkur bo'lim mutaxassislari aniq sana borasida OFK tasdig'ini kutmoqda.



Klublarni licenziyalash bo'limi “Pro” licenziyasi kursida tahsil olayotgan murabbiylarga 2019 yilgi mavsum uchun shartli ravishda Superliga klubini boshqarishga ruxsat beradi. 2020 yildan boshlab yuqorida qayd etilgan tizimga to'liq o'tiladi. Demak, 2019 va 2020 yillar davomida O'zbekiston Superligasida faoliyat olib borish niyatida bo'lgan murabbiylar harakatni hozirdanoq boshlashi kerak bo'ladi.

Bunga qadar esa PFL mahalliy mutaxassislar uchun talabni “A”, xorijiy mutaxassislar uchun esa “Pro” qilib belgilagandi. Qolgan jamoalar murabbiylari uchun talablar qanday bo'lishi keyinroq rasman malum qilinadi.

Malumot uchun, ayni vaqtda Superliga klublarini boshqarayotgan quyidagi murabbiylarda “Pro” licenziyasi yo'q: Ro'ziqul Berdiev (“Nasaf”), Ulug'bek Baqoev (“Buxoro”), Hamid Aktamov (“Qizilqum”), No'mon Hasanov (“Qo'qon-1912”), Bahrom Haydarov (“Neftchi”). SHuningdek, Superligaga yo'l olish uchun nazariy imkoniyati bo'lgan klublardan “Andijon”, “Surxon”, “Istiqlol”, “Dinamo” kabi klublar bosh murabbiylarida ham “Pro” licenziyasi mavjud emas.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика