So’nggi yangiliklar

01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  1 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  1 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1

2017 yil birinchi ligada qaysi jamoalar ishtirok etadi? Yangiliklar

2017 yil birinchi ligada qaysi jamoalar ishtirok etadi?

Teglar :  Birinchi liga
1 fevral kuni O'zbekiston Kubogi va O'zbekiston Birinchiligining yangi mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston Birinchiligining yangi mavsumida ham 18ta jamoa ishtirok etadi. O'tgan, 2016 yilgi mavsumda "Oq-tepa" muddatidan avval musobaqani tark etgan bo'lsa, "Paxtakor-2" chempionatni 17-o'rinda yakunlagani bois, bu yilgi bahslarda qatnashishdan mahrum bo'lgan.

Reglament bo'yicha ushbu jamoalar chempionatda qatnashmasligi aniq. Mavsumni 15-, 16-o'rinlarda yakunlagan "G'ijduvon" va "Kosonsoy" "pulka"da ishtirok etishlari lozim edi, biroq g'ijduvonliklardan farqli ravishda Namangan jamoasi o'tish bahslarida qatnashmadi. Buxoro klubi esa, "o'tish bahslari"dan "o'ta" olmadi. Natijada har ikkala ishtirokchi ham 1-ligani tark etdi. "Pulka"da omadli ishtirok etgan "Neftchi" (Surxondaryo), "G'allakor-Barsa" (Jizzax), "Yangier" (Sirdaryo) va "Istiqlol" (Farg'ona) jamoalari O'zbekiston Birinchiligining 2017 yilgi mavsumi qatnashchilariga aylandi. Mazkur to'rt klub bilan chempionat ishtirokchilari soni 18taga etadi.

#             

Jamoalar

1

  Andijon (Andijon)

2

 Norin (Xaqqulobod)

3

 Cementchi (Quvasoy)

4

 UzDongJu (Andijon)

5

 NBU-Osiyo (Toshkent)

6

 Nasaf-2 (Qarshi)

7

 Xorazm (Urganch)

8

 Nurafshon (Buxoro)

9

 Mashal-2 (Muborak)

10

 Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon)

11

 Orol (Nukus)

12

 Zomin (Zomin)

13

 Lokomotiv BFK (Toshkent)

14

 Xotira-79 (Uychi)

15

Neftchi (Surxondaryo)

16

G'allakor-Barsa (G'allaorol)

17

Yangier (Yangier)

18

Istiqlol (Farg'ona)

 

Tajribadan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, bu hali yakun emas. Sababi, O'zbekiston Birinchiligi ishtirokchilari so'nggi pallada va xatto chempionat arafasida ham yangilanishi mumkin. Buni klublarning moliyaviy holati hal qiladi. Agar moliyaviy muammolar tufayli biror bir jamoa chempionatda qatnasha olmasa, ularning o'rnini to'ldirishga tayyor ishtirokchilar ham bo'ladi. Qolganini 1 fevral kuni bilib olamiz.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика