So’nggi yangiliklar

17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  1 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  1 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  1 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  3 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  38

2016 yilning eng muhim voqealari FOTONIGOH Yangiliklar

2016 yilning eng muhim voqealari FOTONIGOH

Yakuniga etayotgan 2016 yil O'zbekiston futboli tarixidan o'rin olmoqda. Bu yilda bir qator g'alabalar va alamli mag'lubiyatlar kuzatildi.

YANVAR
12-30 yanvar

Qatarda U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreya, Iroq va Yaman o'rin olgan guruhda 3-o'rinni band etdi.



FEVRAL
10-21 fevral
Toshkentda futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Yakunda Xose Mariya Mendez shogirdlari finalda Eronga 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.





17 fevral
Qarshining "Nasaf" klubi O'zbekiston Superkubogi uchun bahsda "Paxtakor"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.





MART
24 mart
JCH-2018 saralashi. O'zbekiston - Filippin 1:0. Anzur Ismoilovning urgan goli jamoamizga g'alaba keltirgan.



29 mart
JCH-2018 saralashi. O'zbekiston - Bahrayn 1:0. Sardor Rashidov kiritgan to'pi O'zbekistonga uch ochko keltiragndi.



APREL
12 aprel
JCH-2018 saralashi 3-bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. O'zbekiston Eron, Janubiy Koreya, Qatar, Xitoy va Suriya bilan bir guruhdan o'rin oldi.



MAY
8 may

"Ardus" klubi futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi.




14 may
"Olmaliq" klubi futzal bo'yicha O'zbekiston chempioniga aylandi.



17 va 24 may
OCHL nimchorak finalida "Lokomotiv" va Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga qarshi ikkita o'yin o'tkazdi. Safardagi bahsda hisob ochilmadi. Toshkentda o'tgan javob o'yinida "temiryo'lchilar" Islom To'xtaxo'jaev va SHerzod Fayziev tomonidan urilgan gollar evaziga g'alaba qozonishdi.



IYUN
7 iyun

O'zbekiston terma jamoasi Kanada bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.  



IYUL
15-23 iyul

Tailandda futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. O'zbekiston chempioni "Olmaliq" klubi guruhdan chiqib chorak finalda mag'lubiyatga uchradi.



24 iyul
O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 2:1 hisobida mag'lub etdi.



AVGUST
23 avgust

OCHL chorak finali doirasida "Lokomotiv" safarda "Al Ayn" bilan durang o'ynadi - 0:0.



25 avgust - 3 sentyabr
U-16 ayollar terma jamoamiz Vetnamda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etdi. Qizlarimiz o'rin olgan guruhdan Avstraliya yuz foizli natijaga erishib Osiyo chempionatiga chiqdi. O'zbekiston esa 2ta g'alaba 1 durang va 2ta mag'lubiyat qayd etib uchinchi o'rinni egalladi.


24 avgust
O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Afrika vakili Burkina Faso bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Egor Krimecning goli jamoamizga g'alaba keltirdi - 1:0.


SENTYABR
1 sentyabr

O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi 3-bosqichidagi ilk uchrashuvni Suriyaga qarshi Toshkentda o'tkazdi. Aleksandr Geynrixning urgan yagona goli jamoamizga 3 ochko keltirdi - 1:0.




6 sentyabr
Ushbu bosqichdagi ikkinchi turda Samvel Babayan shogirdlari Qatar bilan safarda bellashishdi. Bahsda Egor Krimecning urgan goli jamoamizga muhim g'alabani taqdim etdi.



10 sentyabr- 1 oktyabr
Kolumbiya mamlakatida futzal bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tdi. Unda o'z tarixida ilk bor O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etdi. Xose Mariya Mendez boshchiligidagi jamoamiz Portugaliya, Kolumbiya va Panama jamoalari o'rin olgan guruhda 1 ochko to'pladi.




13 sentyabr
OCHL chorak finali javob bahsida "Lokomotiv" Toshkentda "Al Ayn"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi. 



15 sentyabr - 2 oktyabr
Hindiston mamlakatida U-16 Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. Unda Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston guruhda uchta o'yinda ham g'alaba qozondi. CHorak finalda esa o'smirlarimiz Iroqqa mag'lub bo'lishdi (0:2) va Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirita olishmadi.



OKTYABR
6 oktyabr

O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasidagi navbatdagi o'yinni Eronga qarshi o'tkazdi. Uchrashuvda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchishdi.



11 oktyabr
O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida o'z uyida Xitoy bilan o'ynadi. Marat Bikmaev va Otabek SHukurovning urgan gollari jamoamizga g'alaba keltirgan - 2:0.



13-30 oktyabr
Bahrayn mamlakatida U-19 Osiyo chempionati o'tkazildi. Unda Jasur Abduraimov boshchiligidagi yoshlarimiz guruh bahslarida 7 ochko to'plab birinchi o'rinni oldi. CHorak finalda jamoamiz Eronga 0:2 hisobida yutqazib qo'yib Jahon chempionati yo'llanmasidan mosuvo bo'ldi.



27-31 oktyabr
Tojikistonda U-19 ayollar o'rtasida Osiyo chempionati saralash bahslari o'tkazildi. Bahrom Norsfaarov boshchiligidagi qizlarimiz Tojikiston, Gongkong va Xitoy Taypei jamoalarini mag'lub etib guruhda birinchi o'rin bilan qita chempionatiga yo'l olishdi.


NOYABR
10 noyabr

O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Birinchi bo'lim oxirida Igor Sergeev urgan gol jamoamizga g'alaba keltirdi - 1:0.


15 noyabr
JCH-2018 saralashi doirasidagi yilning eng so'nggi uchrashuvi Janubiy Koreyaga qarshi safarda o'tkazildi. Seuldagi uchrashuvda Marat Bikmaev hisobni ochgandi. Biroq ikkinchi bo'limda mezbonlar 2ta gol urib g'alabani ilib ketishdi - 2:1.



17 noyabr
Toshkentning "Lokomotiv" klubi rasman O'zbekiston chempioniga aylangan kun. SHu kuni "Bunyodkor" "Navbahor" bilan durang o'ynadi va "temiryo'lchilar"ga eta olmasligi aniq bo'ldi. Ertasi kuni "Lokomotiv" o'z uyida "Metallurg"ni mag'lub etib chempionlik kubogini qabul qilib oldi.




23 noyabr
2016 yilgi oliy liga bahslari yakuniga etdi. "Lokomotiv" chempion, "Bunyodkor" vice-chempion, "Nasaf" bronza medali sohibiga aylandi. "Andijon" klubi oliy ligadan tushib ketdi. Bu yil birinchi ligada o'ynagan "Dinamo" klubi esa yana elitaga qaytdi.



30 noyabr
Samarqand shahrida 2016 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda "Nasaf" va "Lokomotiv" klublari to'qnash kelishdi. Uchrashuv avvalida Temurxo'ja Abduxoliqov tomonidan urilgan gol "Lokomotiv"ga O'zbekiston kubogini keltirdi - 1:0.



DEKABR
13 dekabr

Kuala-Lumpur shahrida 2017 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Keyingi yil O'zbekistonga 1+2 ko'rinishida kvota ajratildi. "Lokomotiv" musobaqani guruh bosqichidan, "Nasaf" va "Bunyodkor" esa pley-offdan boshlaydigan bo'ldi.



26 dekabr
O'zbekiston terma jamoasi azosi Sanjar Tursunov "Vorskla"ni tark etib Qatarning "Al Xariytiyat" klubiga o'tdi. Tursunov o'z vaqtida Qatarda "Umm Salal" klubida ham o'ynagan edi.



30 dekabr
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov "Krasnodar"ni tark etib Xitoyning "SHanxay SIPG" klubiga ko'chib o'tdi. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, Ahmedov 7 million evaziga Andre Villash-Boash boshqarayotgan, Xalk va Oskar o'ynayotgan jamoaga o'tgan.



Kirib kelayotgan 2017 yil barchaga muborak bo'lsin! Yangi yil futbolimizdagi yutuqlarimiz 2016 yildagidan ko'proq bo'lsin!

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика