So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

2014 yildan beri ikkinchi bor takrorlangan voqea Yangiliklar

2014 yildan beri ikkinchi bor takrorlangan voqea

SHunday qilib bu yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida O'zbekistondan faqat bitta jamoa qatnashadigan bo'ldi.

OCHL guruh bahslari 32 jamoalik formatga o'tganidan beri (2009 yil) faqat 2014 yilni hisobga olmaganda O'zbekistonda har safar kamida ikkita jamoa guruhda o'ynab kelayotgandi. 

Faqat 2014 yilgi mavsumda bizdan faqat bitta klub - "Bunyodkor" OCHL guruh bosqichida ishtirok etgan. OFK o'shanda ham bizga 1+2 kvota ajratgan bo'lib, "Lokomotiv" va "Nasaf" pley-offdan o'ta olmagan. 

Mana endi oradan shuncha payt o'tib yana bitta jamoa qatnashadigan bo'ldi. Bu safar "Lokomotiv" bilan "Bunyodkor" pley-offdan o'ta olishmadi, "Paxtakor" esa Superliga chempioni sifatida to'g'ridan-to'g'ri guruhga yo'l olgan. 

SHuni aytib o'tish lozim, 2002/2003 yilgi OCHLning birinchi mavsumida guruh o'yinlarida 16ta jamoa qatnashgan. 2004 - 2008 yillar oralig'ida 16ta jamoalik format o'tkazilgan. Faqat 2009 yildan beri 32ta klub qatnashib kelyapti. 

Quyida fakt sifatida OCHL yo'lga qo'yilganidan beri guruh bosqichida O'zbekistondan kimlar qatnashganini keltirib o'tamiz. 

2002/2003. "Paxtakor"

2004. "Paxtakor", "Neftchi".

2005. "Neftchi", "Paxtakor". 

2006. "Paxtakor", "Mashal". 

2007. "Paxtakor", "Neftchi".

2008. "Bunyodkor", "Paxtakor".

2009. "Paxtakor", "Bunyodkor".

2010. "Bunyodkor", "Paxtakor".

2011. "Paxtakor", "Bunyodkor".

2012. "Nasaf", "Paxtakor", "Bunyodkor". 

2013. "Paxtakor", "Bunyodkor". 

2014. "Bunyodkor".

2015. "Paxtakor", "Lokomotiv", "Nasaf", "Bunyodkor".

2016. "Paxtakor", "Nasaf", "Lokomotiv", "Bunyodkor".

2017. "Lokomotiv", "Bunyodkor".

2018. "Lokomotiv", "Nasaf".

2019. "Lokomotiv", "Paxtakor".

2020. "Paxtakor". 

Xursand bo'lishga arziydigan ko'rsatkich: 2015, 2016 yillari O'zbekistondan 4ta klub OCHL guruh o'yinlarida ishtirok etgan.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика