So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  23 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

2010 yilgi O'zbekiston kubogi finali. Finalga chiqqan “SHo'rtan”, Ristichning g'alaba to'pi, yulduzlarsiz o'ynagan “Bunyodkor” Yangiliklar

2010 yilgi O'zbekiston kubogi finali. Finalga chiqqan “SHo'rtan”, Ristichning g'alaba to'pi, yulduzlarsiz o'ynagan “Bunyodkor”

Hozirgi kunda O'zbekiston chempionatlarida, kubogida viloyat jamoalarining g'olib chiqishi yoki unga yaqin kelishi kamdan-kam holat hisoblanadi.

Lekin, 2010 yilda Edgar Gess boshqaruvidagi “SHo'rtan”ni mamlakat kubogi finaligacha etib kelishiga hech kim sensaciya sifatida qaramagan. O'shanda g'uzorliklar finalda “Bunyodkor”ga munosib qarshilik ko'rsatgan holda kichik 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Demak, bugun ushbu uchrashuv tafsilotlarini yana bir bor yodga olamiz.

Final uchrashuvi biz o'rgangandek kuz oyining so'ngida emas, balki yozning eng qaynoq payti avgustda o'tkaziladi. Bunga qadar esa ikki jamoa uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o'tishadi. Bu paytga kelib “Bunyodkor”da ham vaziyat tubdan o'zgarib ketgan, moliyaviy muammolar paydo bo'la boshlagach barcha braziliyalik yulduzlar, bir qancha tajribali futbolchilar, hususan Rivaldo, Denilson, Jasur Hasanov, Server Jeparov, Joa Viktor, Edson Ramos murabbiy Skolarilar ketib bo'lishgan, tarkibda nomdor legionerlardan faqatgina Stevica Ristich qolgandi. 

Mirjalol Qosimov shogirdlari final yo'lida “Nasaf”, “Andijon”, “Neftchi” kabi nomdor jamoalarni mag'lub etadi. Ayniqsa, yarim finalda Sarkisyan jamoasi bilan haqiqiy kurash va jang bo'lgani yodimizdan chiqmagan. “SHo'rtan” esa o'ziga hos sensaciya qayd etib, chorak finalda “Paxtakor”ni turnirdan chiqarib yuboradi, yarim finalda o'sha payt hozirgidek kuchli bo'lmagan “Lokomotiv” osonlikcha taslim etiladi. 

G'uzor jamoasi o'sha paytlarda o'zining eng yaxshi damlarini o'tkazar, moliyaviy tomondan ham yaxshiroq edi. Tarkibida Vyacheslav Panamaryov, Vadim Afonin, Asror Aliqulov, nigeriyalik Patrik Agbo, Igor Taran, SHahboz Erkinovlar harakat qilardi. Har holda kuchsiz emasdi. Gess ajoyib jamoani shakllantirgandi. “Qaldirg'ochlar” safida yuz bergan muammolardan keyin esa asosan mahalliy futbolchilar, Anzur Ismoilov, Aziz Haydarov, Sahob Jo'raev, Aleksandr Xvostunov, Temur Kapadzelar, legionerlardan Gochkuliev, Kolevich, Ristichlar o'ynashda davom etishgandi.

Aytganimizdek final o'ziga xos nomiga yarasha o'tgandi. SHu kuni “Paxtakor” markaziy stadioniga u qadar ko'p ishqiboz tashrif buyurmaydi, qaysidir manoda bu o'yin atmosferasiga tasir qilishi kutilgandi. Uchrashuv soat 21:00da boshlanganini ham qo'shimcha qilish kerak. Dastlabki daqiqalardan “SHo'rtan” Nesterov darvozasi oldida hujumlar yomg'irini yog'dirishni boshladi. 7-daqiqad chamasi 20 metrlardan uzoqda jarima zarbasini amalga oshirishadi, xavfli chiqqan zarbani Nesterov qaytarib qoladi. Qanotlarda Merzlyakovning uzatmalari ancha havfli tus oladi. “Bunyodkor” ham raqibining hujumlariga hujum bilan javob qaytaradi va keskin vaziyatlarni yuzaga keltiradi. 62-daqiqada qanotdan yuqorilatib oshirilgan to'pni Stevica Ristich boshi bilan Mixail Alavidze darvozasiga kiritadi - 1:0. 

Amalda hujumchining goli yagonaligicha qoladi. So'nggi daqiqalar ancha asabiy ruhda o'tganini eslasangiz kerak. “SHo'rtan” sovrin uchun oxirgacha kurashadi. Poytaxt jamoasiga munosib va jiddiy qarshilik ko'rsatganini qayd etilgan hisobdan ham bilsa bo'ladi. SHu yili “Bunyodkor” o'z tarixidagi uchinchi chempionligini va ikkinchi kubogini qo'lga kiritadi. G'uzorliklar esa bronza medallari uchun kurashda “Nasaf”ga jiddiy raqobat tug'dirgan, faqat to'rt ochko etmagani bois to'rtinchi o'rin bilan kifoyalangandi.


O'zbekiston kubogi-2010. Final.
"Bunyodkor" - "SHo'rtan" - 1:0 (0:0)
18.08.2010. Toshkent. "Paxtakor" Markaziy stadioni. 8247 tomoshabin.
Hakamlar:
Ravshan Ermatov, Rafael Ilyasov, Abduhamidillo Rasulov, Valentin Kovalenko.
Nazoratchi: Rahmon Nurimov.
Gol: Stevica Ristich (62).
"Bunyodkor": Ignatiy Nesterov, Sahob Jo'raev, Gochguli Gochguliev, Anzur Ismoilov, Aleksandr Xvostunov, Ruslan Melziddinov, Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Viktor Karpenko, Boyan Kolevich (Yannis Mandzukas, 71; Hikmat Hoshimov, 90+2), Stevica Ristich.
"SHo'rtan": Mixail Alavidze, Vyacheslav Ponomaryov, Yaroslav Krushelnickiy, Asror Aliqulov, SHavkat Raimqulov, Patrik Agbo, Vadim Afonin, Ilnur Xazigaliev (Davlatmurod Atoev, 70), Aleksandr Merzlyakov, Igor Taran (Bekzod Abdumo'minov, 80), SHaxboz Erkinov (Viktor Klishin, 63).
Ogohlantirishlar: Stevica Ristich 63, Boyan Kolevich 66.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi


 



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика