So’nggi yangiliklar

16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  2 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  1 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  87 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0

17-Osiyo o'yinlarida kim g'olib bo'ladi? Yangiliklar

17-Osiyo o'yinlarida kim g'olib bo'ladi?

14 sentyabrdan 2 oktyabrgacha Janubiy Koreyaning Inchon shahrida 17-Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.
Unda futbol bo'yicha terma jamoamiz ham ishtirok etadi. 23 yoshgacha bo'lgan jamoalar o'rtasidagi bahslarda 3 nafar katta yoshli o'yinchilar xizmatidan foydalanilishi mumkin. Bu safar Mirjalol Qosimov boshchiligidagi termamiz o'z omadini sinab ko'radi.

MUSOBAQA TARIXI
1951 yildan beri o'tkazib kelinayotgan musobaqada Eron 4, Janubiy Koreya esa 3 marta g'alaba qozongan. Tarixda Myanma va Xitoy Taypeyining turnirda 2 martadan zafar quchgani bugun ko'pchilikni hayron qoldiradi. Hindiston ham Osiyo o'yinlarining 2 karra g'olibi hisoblanadi. G'oliblar soni musobaqa sonidan 2taga ko'p. CHunki 1970 va 1978 yillarda finalda durang natija qayd etilib, har ikki safar finalchilar g'oliblar sifatida etirof etilgan. O'sha bellashuvlarda Janubiy Koreya Birma va KXDR bilan 0:0 hisoblarini qayd etgan.

Amaldagi g'olib Yaponiya terma jamoasidir. Yaponlar 2010 yil finalda BAAdan 1:0 hisobida ustun kelishgan. O'zbekiston 1994 yil Xirosimada yagona muvaffaqiyatini nishonlagan. O'shanda maydonda harakat qilgan Mirjalol Qosimov va SHuhrat Maqsudov hozirda murabbiylar shtabida faoliyat olib borishayotgani etiborga molik.

Hindiston, Eron, Janubiy Koreya va Qatar jamoalari o'z yurtida o'tkazilgan musobaqada zafar quchishgan.

Quyida musobaqaning barcha finallari keltirilgan:

1951  Hindiston – Eron – 1:0
1954  Xitoy Taypeyi – Janubiy Koreya – 5:2
1958  Xitoy Taypeyi – Janubiy Koreya – 3:2
1962  Hindiston – Janubiy Koreya – 2:1
1966  Birma – Eron – 1:0
1970  Birma – Janubiy Koreya – 0:0*
1974  Eron – Isroil – 1:0
1978  KXDR – Janubiy Koreya – 0:0*
1982  Iroq – Quvayt – 1:0
1986  Janubiy Koreya – Saudiya Arabistoni - 2:0
1990  Eron – KXDR – 0:0 (4:1)
1994  O'zbekiston – Xitoy – 4:2
1998  Eron – Quvayt – 2:0
2002  Eron – Yaponiya – 2:1
2006  Qatar – Iroq – 1:0
2010  Yaponiya – BAA – 1:0

Barcha g'oliblar
Eron   4 (1974, 1990, 1998, 2002)
Janubiy Koreya   3 (1970, 1978, 1986)
Hindiston   2 (1951, 1962)
Birma (hozirgi Myanma)   2 (1966, 1970)
Xitoy Taypeyi   2 (1954, 1958)
Yaponiya   1 (2010)
Iroq   1 (1982)
KXDR   1 (1978)
Qatar   1 (2006)
O'zbekiston   1 (1994)


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика