So’nggi yangiliklar

15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  0 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  2 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  0 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  0 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  7 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  6 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  10 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  3 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1 12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  2 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  5 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  7

15 mlrd byudjet va 200ga yaqin tarbiyalanuvchi. Legionerlardan voz kechgan "Metallurg" akademiyasiga fotosayoxat Yangiliklar

15 mlrd byudjet va 200ga yaqin tarbiyalanuvchi. Legionerlardan voz kechgan "Metallurg" akademiyasiga fotosayoxat

Toshkent viloyatining "Metallurg" klubi bu yilgi mavsumdan o'z akademiyasiga jiddiy etibor qarata boshladi.

Bekobodga borib "Metallurg" akademiyasiga fotosayoxat uyushtirdik. Quyida ajoyib ko'rinishga keltirib qo'yilgan akademiya va klub bazasidan suratlarni etiboringizga havola etamiz.


"Metallurg" klubi zamonaviy va barcha sharoitlar yaratilgan akademiyasini ishga tushirdi.

- Ayni paytda akademiyada 3 nafar ispaniyalik mutaxassislar faoliyat olib boryapti;

- Hozirda akademiyaga 11 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalar qabul qilinyapti;

- Bu maktab talimi ham ichida bo'lgan O'zbekistondagi birinchi akademiyadir. Yani, "Metallurg" akademiyasida tarbiyalanayotgan bolakaylar bir vaqtning o'zida maktab talimini ham shu erning o'zida olishadi;

- Akademiyada ingliz va ispan tillari chuqurlashtirilgan tarzda o'qitiladi. O'qituvchilar Toshkent shahridan chaqirilgan va oliy malumotli;

- Akademiya yotoqxonasi 210 nafar bolaga mo'ljallangan. Hozircha, 200ga yaqin bola tahsil olmoqda;

- Akademiya tarbiyalanuvchilarning 50 foizi uchun bepul, qolgan 50 foizi uchun esa pullik;

- Pullik o'qiydiganlar oyiga 3 mln so'mdan to'laydi, bepul varianti esa iqtidorli bolalar uchun;

- Har bir guruhga 40 nafardan bola qabul qilish mo'ljallangan. Ulardan 20 nafari pullik, 20 nafari esa iqtidorli bolalar (bepul);

- Kelajakda tarbiyalanuvchilar sonini 240-250 nafarga etkazish mo'ljallanyapti.


"Metallurg" joriy mavsum 2-davradan boshlab legionerlar xizmatidan voz kechdi va ularga sarflanadigan pullarni akademiyaga yo'naltirishni boshladi. Klub rahbariyatining "Championat.asia"ga malum qilishicha, yangi mavsumda ham jamoaga legionerlar olib kelinmaydi.

"Metallurg" akademiyasining bir yillik byudjeti 15 mlrd so'mni tashkil etadi. Ha, pullarni o'rtamiyona legionerlarga sarflagandan ko'ra, mana shunday akademiyaga ishlatgan ancha foydaliroq bo'lsa kerak. Har holda, klub buning mevasini bir necha yillar o'tib ko'rishi mumkin.

Quyida "Metallurg" akademiyasi va klub bazasidan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Akademiya xududidagi maydon, uning chimi almashtirish jarayonida.


Akademiya binosi.


Ajoyib akademiya va baza. SHaroitlar ham alo darajada.


Murabbiylar uchun, trenajer zali va umumiy katta zalga mo'ljallangan bino.


"Metallurg"ning U-18 jamoasi istiqomat qiladigan bino.


O'quv binosi.


Akademiya o'quvchilari biologiya darsida.


Bolalarning yotoqxonasi.


Akademiya murabbiylari xonasi.


Anjumanlar zali.


Oshxona.


Akademiya binosi ichidagi issiq basseyn.


Tibbiyot xonasi.


Trenajer zali.


Tabiiy chimli maydon (bu chim ustida hali ishlanishi kerakligi ko'rinib turibdi).


Bu esa suniy qoplamali maydon. Bu ikki maydongacha akademiya binosidan 5 daqiqalik yo'l.



Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика