So’nggi yangiliklar

07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  1 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  5 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  14 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  9 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  24 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  73

14-turda eng yuqori ballni Ermatov oldi yoxud “Lokomotiv” – “Navbahor” o'yinida komissar ishlamadi? Yangiliklar

14-turda eng yuqori ballni Ermatov oldi yoxud “Lokomotiv” – “Navbahor” o'yinida komissar ishlamadi?

Nihoyat 3-4 avgust kunlari milliy chempionatimizning ikkinchi davra o'yinlari boshlandi.
Dastlabki kun 6ta bahs o'tkazilgan bo'lsa, ertasi kuni yana bitta uchrashuv bilan 14-turga yakun yasaldi.

Etiboringizni mazkur ortda qolgan turda ishlagan hakamlar va uchrashuv komissarlariga qaratamiz.

14-turda o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar orasida eng yuqori ballni Ravshan Ermatov oldi. Farg'onada kechgan “Neftchi” – “Buxoro” qarama-qarshiligini boshqargan taniqli hakam uchrashuv nazoratchisi Igor Nexochin tomonidan 9,6 ballga munosib ko'rildi. Uning assisentlari ham 9 dan kam ball olmadi. Haqiqatdan ham FIFA referisi Ermatov Farg'onadagi bahsni juda yaxshi boshqarib bordi. Uning maydonda borligi ham unchalik sezilmadi. Kerak paytda qattiqqo'llik ko'rsatib, o'yinchilarni ayab o'tirmadi. SHuning uchun taniqli hakamga ortiqcha etirozlar bo'lmadi.

Aksincha 14-turda nisbatan eng past ball olgan hakam Murod Muhamedov bo'ldi. “Paxtakor” – “Andijon” uchrashuvida ishlagan referining ishi shu kuni nazoratchi Dmitriy Roman tomonidan 8,0 ballga loyiq ko'rildi.

Mezbonlar g'olib bo'lgan uchrashuvda bosh hakam Muhamedov shu kuni “Andijon”ning bitta futbolchisiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, maydondan chetlatdi. Safar o'yinida bu “burgutlar”ga qimmatga tushgani aniq.

Uchrashuvlarga komissar sifatida tashrif buyurganlarga to'xtaladigan bo'lsak, 14-turda jami 6 nafar komissar ishladi. Etiborlisi 4 avgust kuni Toshkentda o'tgan “Lokomotiv” – “Navbahor” bahsida komissar tayinlamagan. Har xolda bu borada PFL rasmiy saytida chiqqan uchrashuvlar qaydnomasida komissar ishlaganini ko'rmadik.
PFL direktori Farhod Magometov 14-turda “Paxtakor” – “Andijon” o'yinida komissarlik qilgani haqida malumotlar bor.

Hakamlar qo'mitasi raisi Noil Lutfullin esa Samarqandda “Dinamo” – “Nasaf” bahsida komissar sifatida ishlagan.   
Uning yaqin yordamchisi Bobur Haydarov esa “Mashal” – “So'g'diyona” uchrashuviga tashrif buyurgan.

Ko'pincha kasbimiz yuzasidan klub vakillari va futbolga aloqasi bor kishilar bilan suhbatlashganimizda, uchrashuvlarga tashrif buyurayotgan komissarlar xususida shunday savollar bilan murojaat qilib qolishadi. Ularning vazifasi nima? Aslida ular buni qanchalik bajarmoqda? Nimadir o'zgaryaptimi? Bundan kim yutyapti?

Neftchi (Farg'ona) – Buxoro (Buxoro) – 1:0.
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent) – 9,6, A. Rasulov (Toshkent) – 9,5, J. Saidov (Toshkent) – 9,2, A. Ergashev (Toshkent) - 9
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O'zPFL vakili: V. SHtern.

Dinamo (Samarqand) – Nasaf (Qarshi) – 0:5. 5859 tomoshabin.
Hakamlar
: O. Tolibjonov (Toshkent) – 8,8, V. Lushin (Guliston) – 9,0, M. Saidqosimov (Toshkent) – 9,0, I. Garmashov (Toshkent) – 9
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

Metallurg (Bekobod) – Olmaliq (Olmaliq) – 3:2. 1511 tomoshabin.
Hakamlar
: A. Asimov (Toshkent) – 8,5, R. G'opurov (Namangan) – 8,1, R. Fozilov (Namangan) – 8,3, R. Tolibjonov (Farg'ona) - 9
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.

Mashal (Muborak) – So'g'diyona (Jizzax) – 3:2. 4201 tomoshabin.
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent) – 8,6, O. Jumaev (Navoiy) – 8,4, R. Samandarov (Navoiy) – 8,1, A. Mo'minov (Toshkent viloyati) - 8
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.

Qizilqum (Navoiy) – Bunyodkor (Toshkent) – 0:2. 10112 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent) – 9,4, R. SHoyahmetov (Toshkent) -9,3, R. Serazetdinov (Toshkent) – 9,4, I. Ibrohimov (Nukus) - 8
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).
O'zPFL vakili: R. CHernikov.

Paxtakor (Toshkent) – Andijon (Andijon) – 2:0. 1623 tomoshabin.
Hakamlar
: M. Muhamedov (Toshkent viloyati) – 8,0, X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati) – 8,3, A. Snetkov (Toshkent viloyati) – 8,3, V. Najafaliev (Toshkent) - 9
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.

Lokomotiv (Toshkent) - Navbahor (Namangan) – 2:0. 3850 tomoshabin.
Hakamlar
: B. Namozov (Toshkent) – 8,6, O. Abduvasilov (Toshkent) – 8,2, N. Ro'zimov (Toshkent)- 8,3, A. Rubakov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика