So’nggi yangiliklar

17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  5 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  2 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  21 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  1 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  54 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  1 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  1 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  3 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  22 12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  5 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  7

107 yillik tarixga ega Istanbul derbisi oldidan prevyu Yangiliklar

107 yillik tarixga ega Istanbul derbisi oldidan prevyu

Bugun tunda Turkiya Superligasining 20-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi.

Nafaqat turning, balki chempionatning markaziy uchrashuvlaridan biri bugun o'tkaziladi. Unda Istanbul shahrining ikki klubi "Galatasaroy" va "Fenerbaxche" o'zaro to'qnash kelishadi.

Dastlabki davrada "Fenerbaxche" maydonida o'tgan bahsda 1:1 hisobi qayd etilgandi. "SHukru Sarajoglu" stadionida bo'lib o'tgan o'yinda mezbonlar vakili Diego hisobni ochgan bo'lsa "Galatasaroy" bunga Oljan Adinning goli bilan javob bergandi - 1:1.

Ayni paytda "Fenerbaxche" 59 ochko bilan ikkinchi, "Galatasaroy" esa 39 ochko bilan beshinchi pog'onada bormoqda. 



Ushbu klublarning to'qnashuv tarixi 1909 yilga borib taqaladi. O'sha yilning 17 yanvarida bu klublar ilk bor o'zaro o'yin o'tkazishgandi. O'rtoqlik maqomida o'tgan bahsda "Galatasaroy" 2:0 hisobida zafar quchgandi.

Bugungi kunga qadar bu ikki jamoa 381 marta to'qnash kelishgan. Undan 144tasida "Fenerbaxche" g'alaba qozongan. 122 bor "Galatasaroy" zafar quchgan. 115 marta jamoalar g'olibni aniqlay olishmagan. "Fenerbaxche" 529ta gol urgan, "Galatasaroy" hisobida 481ta gol bor.

Sovrinlar qo'lga kiritish bo'yicha "Galatasaroy" ustun.

    Musobaqa   Galatasaroy   Fenerbaxche
Turkiya chempioni        20                  
       19               
Turkiya Kubogi        16         6
Turkiya Superkubogi      
       14         9
Evropa ligasi         1         0
UEFA Superkubogi         1         0
         Jami        52        34
 

Derbi tarixida eng ko'p tomoshabin 2003 yil 27 sentyabr kuni "Galatasaroy" mezbonligida o'tgan uchrashuvga kelgan. "Otaturk" stadionida 71334 nafar tomoshabin ushbu bahsni tomosha qilgandi.

Hozirgi kunda "Galatasaroy"da gollandiyalik Yan Olde Rikerink bosh murabbiy bo'lib ishlamoqda. U Mustafo Denizlining o'rnini egallagandi. Rikerink klubda mavsum oxirigacha ishlaydi xolos. "Portu"dagi faoliyati bilan tanish bo'lgan portugaliyalik Vitor Pereyra 2015 yil yozidan buyon "Fenerbaxche"ni boshqarib kelmoqda. 



Bugungi kunda "Galatasaroy"da o'ynayotgan taniqli futbolchilar: Fernando Muslera, Xoqon Bolta, Orelen SHedju, Sabri Sarioglu, Hamit Oltintop, Uesli Sneyder, Umut Bulut, Lukash Podolski, Burak Yilmaz.

Bugungi kunda "Fenerbaxche"da o'ynayotgan taniqli futbolchilar: Volkan Demirel, Simon Kyaer, Brunu Alvesh, Erkin Janer, Mehmet Topal, Souza, Diego, Raul Meyrelesh, Luish Nani, Lazar Markovich, Robin Van Persi.

Ayni paytda "Fenerbaxche" safida o'ynayotgan Janer Erkin va Mehmet Topal o'z vaqtida "Galatasaroy" sharafini himoya qilishgan. O'z navbatida "Galatasaroy" safida ham shunday futbolchilar bor. Oljan Adin va Bilol Kisa oldinroq "Fenerbaxche" tarkibida faoliyat olib borishgan.

Eslatib o'tamiz, "Galatasaroy" - "Fenerbaxche" uchrashuvi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика