So’nggi yangiliklar

08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  0 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  2 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  12 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  11

10 yoshing muborak, "Bunyodkor"! Yangiliklar

10 yoshing muborak, "Bunyodkor"!

Bugun Toshkentning "Bunyodkor" klubi tashkil topganiga roppa-rosa 10 yil bo'ldi.

Ushbu klub 2005 yilning 6 iyul sanasida "Quruvchi" nomi ostida tashkil etilgan.

Qisqa fursat ichida havaskorlar ligasidan, birinchi ligaga, bir yil o'tib oliy ligaga yo'llanma qo'lga kiritilgan. 2007 yildan buyon klub muntazam ravishda O'zbekiston oliy ligasida ishtirok etib kelmoqda. "Bunyodkor" 2008 yildan buyon muntazam ravishda Osiyo chempionlar ligasida qatnashib kelmoqda. Klub ikki marta OCHLda yarim finalga qadar etib bordi.

Biz saytimizning ijodiy jamoasi va muxlislari nomidan "Bunyodkor"ni 10 yillik yubileyi bilan tabriklab qolamiz. Klubning rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilari, xodimlari, barcha-barchani bugungi kun bilan muborakbod etamiz. Klubga kelgusida faqat g'alaba yor bo'lishini tilaymiz.

"Bunyodkor"ning erishgan yutuqtlari:
2005 yil O'zbekiston ikkinchi ligasi g'olibi
2006 yil O'zbekiston birinchi ligasi g'olibi
2007 yil chempionati kumush medallari sovrindori
2007 yil O'zbekiston Kubogi finalchisi
2008 yil O'zbekiston chempioni
2008 yil O'zbekiston Kubogi sohibi
2008 yil OFK CHL yarim finalchisi
Server Jeparov – 2008 yil O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi
Server Jeparov – 2008 yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi
2008 yil O'zbekiston futbol federaciyasining "Fair play" sovrini sohibi
2009 yil O'zbekiston chempioni
2009 yil O'zbekiston Kubogi finalchisi
2009 yil O'zbekiston futbol federaciyasining "Fair play" sovrini sohibi
2010 yil O'zbekiston kubogi sohibi
2010 yil O'zbekiston chempioni
2010 yil O'zbekiston futbol federaciyasining "Fair play" sovrini sohibi
2011 yil O'zbekiston chempioni
2012 yil O'zbekiston vice-chempioni
2012 yil O'zbekiston kubogi sohibi
2008 yil OFK CHL yarim finalchisi
2013 yil O'zbekiston kubogi sohibi
2013 yil O'zbekiston chempioni
2014 yil O'zbekiston superkubogi sohibi
2014 yil O'zbekiston kubogi finalchisi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика