10 dekabr kuni Osiyo chempionlar ligasiga qura tashlanadi Yangiliklar

10 dekabr kuni Osiyo chempionlar ligasiga qura tashlanadi

Teglar :  OCHLOCHL qurasi
2020 yil bo'lib o'tadigan OCHLga qura tashlanadigan kun malum bo'ldi.

SHu yilning 10 dekabr sanasida Kuala Lumpur shahridagi OFK shtab-kvartirasida navbatdagi Osiyo chempionlar ligasi va OFK Kubogiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Malumot uchun, kelasi yil ham OFK O'zbekistonga 1+2 yo'llanma ajratgan. 

Bu degani chempion "Paxtakor" to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida o'ynaydi. "Paxtakor" bu yil Kubokni ham qo'lga kiritgani bois Superligada ikkinchi va uchinchi o'rinni egallaydigan jamoalar o'z ishtiroklarini pley-offdan boshlashadi. 

Hozirgi paytda Superliga turnir jadvalida "Lokomotiv" 42 ochko bilan ikkinchi, "So'g'diyona" 38 ochko to'plab uchinchi o'rinda boryapti. SHuningdek, uchinchi o'ringa "Bunyodkor" ham davogarlik qilmoqda.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика