"1 foiz ehtimol, 99 foiz ishonch" - Rafinya "Atletiko"ga qarshi mo'jizaviy kambekka ishonmoqda
03 mar 01:48
Yangiliklar
"1 foiz ehtimol, 99 foiz ishonch" - Rafinya "Atletiko"ga qarshi mo'jizaviy kambekka ishonmoqda
"Barselona" klubi vingeri Rafinya Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi kechadigan muhim javob uchrashuvi oldidan ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga murojaat qildi.
Mo'jiza ro'y beradimi?
Eslatib o'tamiz, tomonlar o'rtasidagi dastlabki bahsda madridliklar 4:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritishgan edi. Bugun, 3 mart kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadigan hal qiluvchi javob o'yini oldidan braziliyalik futbolchi o'zining sahifasida quyidagicha qisqa va tasirli post qoldirdi:
"1 foiz ehtimollik, 99 foiz ishonch. Biz sizlarga suyanamiz".
Ko'rinishidan, kataloniyaliklar o'z maydonida aql bovar qilmas kambekni amalga oshirishga va final yo'llanmasini ilib ketishga jiddiy ishonmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar
Murabbiy qattiq talab qilib, nazoratni o'z qo'liga olsa, kerak bo'lsa 6:0 ga yutadi.
Rafiniyami, Yamalmi, hech biriga so'z bermasligi kerak, mikrafon faqat murabbiyda bo'lishi kerak.
Mikrafon murabbiyda bo'lsin, o'yinchi topshiriqni bajarsin.
Barsaga omad