Zoyir Mirzaev Qashqadaryodagi uchta klubning rahbarlari bilan uchrashadi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2020
17 fevral kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev viloyatdagi futbol klublari rahbarlari, jamoa bosh menejerlari va futbol Federatsiyasi mas'ullari bilan yig'ilish o'tkazadi.

Tanqidiy ruhda o'tishi kutilayotgan yig'ilishda viloyat futbol Federatsiyasi faoliyati va klublarda qilinayotgan ishlar jiddiy muhokama qilinadi.

Eslatib o'tamiz, Zoyir Mirzaev 11 fevral kuni bo'lib o'tgan kengaytirilgan yig'ilishida ham viloyat futbol mavzusiga to'xtalib o'tib, viloyat futbolida tanish-bilishchilik mavjud ekanligini, voha futbolini qattiq nazoratga olishini , klublarda ishchi hodimlarning har biri bilan gaplashib olishini alohida ta'kidlab o'tgan edi. Championat.asia sayti muxbiri bo'lajak yig'ilishda ishtirok etishi kutilmoqda.

Nomoz Choriev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia