"Zomin" va "G'allakor" birinchi ligada qoldi yoxud "Orol" yana safarga bora olmadi

Narzulla Saydullayev
5 noya 2013
Xabaringiz bo'lsa kerak, bugun Toshkentda, O'FFning suniy qoplamali stadionida birinchi liga jamoalari o'rtasida keyingi yil ham birinchi ligada ishtirok etish uchun pulka o'yinlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgandi.
Championat.asia ning aniqlashicha bugun "Zomin" - "Paxtakor-2" to'qnashuvida zominliklar 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Va ushbu bitta o'yin natijasiga ko'ra "Zomin" keyingi yil ham birinchi ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Yana bir juftlik, "G'allakor" - "Orol" uchrashuvi esa bugun soat 14:00da o'tkazilishi kerak edi. Ammo hadeganda nukusliklardan darak bo'lmadi. 30 daqiqa kutilganidan keyin esa g'allaorolliklarga texnik g'alaba yozildi.

Endi "Zomin" va "G'allakor" jamoalari keyingi yilda ham birinchi ligada ishtirok etadigan bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia