“Zomin”: O'zbekiston Kubogi 1/16 final o'yiniga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
14 apr 2018
Xabaringiz bor, ertaga “Zomin” jamoasi O'zbekiston Kubogi 1/16 finalida “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qiladi.

O'zbekiston professional ligasi PRO-liga o'yinlarining “B” guruhida ishtirok etayotgan “Zomin”jamoasi dastlabki ikkita turda g'alabaga erishib, o'z guruhida karvonboshilik qilib kelmoqda. Bu yilgi mavsumda jamoa o'z oldiga katta maqsadlarni qo'yib, guruhida 1-o'rinni egallashdir.

Ertaga jamoa O'zbekiston Kubogi 1/16 final o'yinida Superliga ishtirokchisi “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.

Ushbu o'yinga “Zomin” jamoasi 2 mahaldan Zomin markaziy o'yingohi tayyorgarlik olib bormoqda.

“Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'yinga“Zomin” jamoasining taxminiy tarkibi: Javohir Komilov, Shuhrat Sadirdinov, Azamat Abdullaev, Ubaydullo Nabiev, Sherzod Jalilov, Tursunmurod Hamdamov Behruz, Do'stmurodov, Hazrat Tursunqulov, Doston Toshmatov, Sardor Qahhorov, Jonibek Ko'chimov.
Zaxira: Shaxzod Abdurahimov,Elbek Jumanov, Shohjahon Abbosov, Eldor Karimov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Зомин” ПФК матбуот хизмати