Jamoaning keyingi taqdiri qanday kechadi? Rejalar qanday? Bu kabi savollarga javob olish maqsadida jamoa murabbiyi Zoir To'raqulovga murojaat qildik.
- Rejaga ko'ra, 7 yanvardan G'uzorda yig'ilamiz - deydi Z.To'raqulov. - Bu borada futbolchilarga qo'ng'iroq qilib, ogohlantirish bermoqdamiz. O'zini oliy liga klubdi sinab qo'rmoqchi bo'lganlar esa ketmoqda.
- Ochig'ini aytganda, jamoaning ertangi kuni qanday kechishini ayta olmayman. Chunki hozircha hech narsa aniq emas. Rahbariyat 7 kuni yig'ilishimizni aytgan. Shu kuni yig'ilish bo'ladi va rejalar oshkor etiladi. Tahminan 10 yanvarga borib ko'p narsa hal bo'lsa kerak.
- Jamoada qolamanmi yoki yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi. Agarda rahbariyat qolishimni istasa muzokara o'tkazamiz. O'zimga qolsa, bu yil “Sho'rtan”da hammasini boshidan boshlamoqchiman.
- Oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yilsa, buni uddalashga ishonaman. O'tgan yili yoshlar jamoamiz safida o'zini ko'rsata olgan bir qator yoshlar bor. Ularni oldiga 2-3 ta mahoratli o'yinchilardan ko'shgan xolda, kurashchan jamoa tuza olamiz deb o'ylayman. Yuqorida aytib o'tganimdek, hammasini noldan boshlamoqchiman. Buning uchun oldin rahbariyat bilan gaplashib olishimiz kerak.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi