Zohir Qo'ziboev Milliy terma jamoaga jalb etildi

3 iyun 2015, 10:18
"Mashal" klubi hujumchisi Zohir Qo'ziboev O'zbekiston Milliy terma jamoasi yig'iniga jalb etildi.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoamiz 8 iyun kuni Toshkentda yig'in boshlaydi. Eron terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi va Shimoliy Koreyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralashi uchun 1-tur o'yiniga futbolchimiz chaqirildi.

Eslatib o'tamiz, Qo'ziboev uchun bu yig'in Milliy termadagi ikkinchi yig'in hisoblanadi. Zohir birinchi yig'inda Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushgan va gol muallifiga aylangan edi.

Manba: fcmashal.uz