Zlatan: “Virus menga “chaqiruv” tashladi va uni engib o'tdim. Biroq, siz tavakkal qilmang, chunki …”

Eldor Akmurzayev
29 okt 2020
Koronavirusdan tuzalgan “Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich infekciya haqida gapirdi.

“Virus menga “chaqiruv” tashladi va uni engib o'tdim. Biroq, agar siz Zlatan bo'lmasangiz, unda tavakkal qilmang. Boshingiz bilan o'ylab, qoidalarni hurmat qiling. Doimo ijtimoiy masofani saqlang va niqoblarni taqib yuring”, deya aytgan Ibragimovich.

Eslatib o'tamiz, 39 yoshli hujumchida COVID-19 virusi 24 sentyabrda aniqlangandi. 9 oktyabrda esa u infekciyadan to'liq forig' bo'ldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Rassegnatweet