Zlatan Ibragimovich reglamentni buzgan holda "Malme"ga chempionlik kubogini topshirdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
7 noya 2017, 14:28
"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich jonajon klubi bo'lgan "Malme"ning Shvetsiya chempionatidagi 20-g'alabasini nishonlashga yordam berdi.

Lekin, bunda 36 yoshli forvard musobaqa reglamentini buzdi. Bu haqda "The Sun" xabar berdi.

Ibragimovich maydonga bir qo'lida kubok bilan tushib kelganda uni olqishlar bilan kutib olishdi. Lekin, hujumchi kubokni chempionlarga topshirish uchun Shvetsiya futbol Federatsiyasi prezidenti Karl-Erik Nilssonga bermadi va uni "Malme" sardori Markus Rozenbergga shaxsan o'zi topshirdi.





Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Sun