Zlatan Ibragimovich: "Men o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlamayman"

Tolibjon Qosimov
14 sen 2013
"PSJ" hujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoa bosh murabbiyi Loran Blan uni o'yinga tayyor bo'lgan holatida zaxirada qoldirmasligiga ishonchi komil.
"Rotaciya normal holat, ayniqsa grafikning juda zich ekanini hisobga olsak. Jarohat olishim ehtimolini yo'qqa chiqarish uchun ham o'yin so'nggida almashtirishdi meni. Keyingi o'yinlarga kuchni saqlash ham kerak.  O'yinni zaxiradan boshlashim mumkinmi? Yo'q. Menda o'yinni ilk daqiqalardan boshlashimga hech qachon shubha bo'lmagan. Men bu erda futbol o'ynash uchun yuribman va menga aynan shuning uchun pul to'lashadi", deya uning so'zlaridan L'Equipe iqtibos keltiradi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru