Zinedin Zidan: "Real" hotirjamlikka berilmasligi zarur. Mavsum tugashiga hali ancha bor"

Omonjon To`xtamirzayev
27 yanv 2020, 18:10
"Real Madrid" ustozi Zinedin Zidan "Valyadolid" bilan o'yindan so'ng (1:0) jamoasi jadvalda birinchi o'ringa chiqib olgani haqida gapirdi.

"Nacho uchun xursandman. O'sha vaziyatdan oldinroq unga yaqin burchakka borishni aytgandim. U odatda ko'p gol urmaydi, shu sababli ham shogirdim uchun xursandman.

Yetakchi bo'lib olganimiz hech nimani o'zgartirmaydi. Biz mehnat qilishda hamda yaxshi bajarayotgan ishimizni shu yo'sinda davom ettirishimiz zarur. Mavsum hali uzoq va bizga oson bo'lmaydi. Biz muhim g'alabani qo'lga kiritdik, - dedi Zidan. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru